Temur Kapadze Ozbekiston yoshlar terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi

Ozbekiston terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi va hozirda bosh jamoada Vadim Abramovga yordam berayotgan Temur Kapadze Ozbekiston U-19 terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqida Ozbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy saytida malum qilindi. Foto: OFAMalumot uchun, noyabr oyida otkazilgan U-19 Osiyo Chempionati2020 saralash bahslari doirasida kechgan Saudiya Arabistoni Ozbekiston uchrashuvidan song yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Otabek Gulomxojayev rahbarligidagi murabbiylar shtabi egallab turgan lavozimidan ozod etilgan edi.Mazkur uchrashuvdagi holatdan keyin Osiyo futbol konfederatsiyasi OFAga shikoyat maktubi yollagan va bunga chora korilmagan taqdirda Ozbekiston yoshlar terma jamoasi musobaqadan chetlatilishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi. Oz navbatida OFA tartib-intizom qomitasi Saudiya Arabistonida bolib otgan voqealar videoyozuvini korib chiqqan va Gulomxojayevni oz vazifasidan ozod qilgandi.2020-yilning 1431-oktabr kunlari Toshkentda Yoshlar ortasida Osiyo chempionatining final bosqichi bolib otadi. Unga mazkur jamoani Temur Kapadze tayyorlaydi. Oz navbatida Kapadze Ozbekiston terma jamoasidagi murabbiylik faoliyatini ham davom ettiradi.Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0