Andijonda sodir bolgan gaz portlashi boyicha FVV va viloyat hokimligi xabar berdi

Andijon shahridagi kop qavatli uylardan birida qolbola usulda tayyorlangan gazni tortish moslamasida yuzaga kelgan chaqnash natijasida yongin sodir bolgani haqida xabar berilgan edi. Foto: Andijon viloyat hokimligi matbuot xizmatiMavzuga doir:Andijonda kop qavatli uyda portlash yuz berdi. Hodisa oqibatida 8 kishi kasalxonaga yotqizildi (video)Andijon viloyati hokimligi tomonidan xabar berilishicha, 4-dekabr, chorshanba kuni soat 14:13 atrofida Andijon shahri 2-kichik dahasi Soglom avlod MFY Lermontov kochasidagi 7-sonli kop qavatli uyda yongin sodir bolgan. Bu haqda viloyat Yongin xavfsizligi boshqarmasi markaziy dispetcherlik xizmatiga xabar berilgan. Olingan xabarga asosan soat 14:19 da Andijon shahar YoXB 1-sonli yongin qutqaruv qismi voqea joyiga yetib borgan.Hokimlik xabariga kora, kop qavatli uyning portlashi natijasida jami 6 ta xonadon zarar korgan bolib, asosan yongin kelib chiqishi taxmin qilinayotgan 2-qavatdagi 37, 38, 39-xonadonlar zararlangan. Uyning 4-podyezdi qavatlaridagi beton tosiqlar qulab tushgan. Foto: Andijon viloyat hokimligi matbuot xizmatiMalum qilinishicha, 8 kishi qorquv natijasida viloyat tez-tibbiy yordam shifoxonasiga yotqizilgan. Ular ayni paytda shifokorlar nazoratida. Hodisa oqibatida kuyish va halok bolish holatlari qayd etilmagan.Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan malum qilinishicha, yongin 38-xonadonda tabiiy gaz portlashi oqibatida yuzga kelgan. Portlashga gazning sizib chiqishi sabab bolgani aytilmoqda. Hodisa yuz bergan vaqtda mazkur xonadonda hech kim bolmagan. Yuqori va pastki qavatda yashovchilar hech qanday jarohat olmagan, faqat ularning bazilari qorqqan. Fot: Favqulodda vaziyatlar vazirligiVoqea joyiga viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov yetib borgan va zudlik bilan mutasaddi tashkilotlarga yuzaga kelgan zararni qoplash, fuqarolarga ijtimoiy yordam korsatish yuzasidan topshiriq bergan. Yongindan putur yetgan joylarni qayta tiklash ishlari boshlandi. Fot: Favqulodda vaziyatlar vazirligiHodisa yuz bergan joyga favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi orinbosari boshchiligida tezkor guruh yol olgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0