SSSRda kompyuterlar bolganmi? 4-dekabr SSSRda birinchi kompyuterga patent berilgan sana

Hayotning kop jabhalarida bolgani kabi, sovet ittifoqi EHM yaratish va amaliyotda qollash borasida ham jahondan ancha orqada qolgan edi. Daryo kolumnisti Muzaffar Qosimov bu haqda batafsil hikoya qiladi.Hozirgi manosiga eng yaqin bolgan EHMning ilk namunasini aslida 1884-yilda German Gollerit yaratgan bolib, u AQShda aholini royxatga olish jarayonini avtomatlashtirish uchun qollanilgan elektromexanik hisoblash mashinasi bolgan. 1911-yilda Golleritga tegishli TMC kompaniyasi boshqa shu sohaga yaqin kompaniyalar bilan birlashdi va biz yaxshi taniydigan IBM korporatsiyasiga asos solindi. Keyinchalik Germaniyada 1938-yilda Z1, 1944-yilda esa AQShda Mark-1 kompyuterlari yaratilgan. Sovet Ittifoqida esa bu borada amaliy ishlar ancha kech boshlangan. Sovetlarning ilk EHM namunasiga patent 1948-yilning 4-dekabrida berilgan. Shunda ham patent hali ishchi namunasi bolmagan mashina uchun berilgan edi. Bruk, Rameyev va ular olgan patent.Foto: WikipediaSSSRdagi birinchi kompyuter patentiga Isaak Bruk va Bashir Rameyev egalik qilgan. Ular oradan ikki yil otgachgina, haqiqiy, ishlaydigan EHMni yiga olgan. 1950-yilda yigilgan va oddiygina M-1 deb nomlangan Bruk-Rameyev kompyuterida birorta boshqaruv organi bolmagan (hattoki monitori ham). Bu kompyuter bilan ishlashda maxsus perfokartadan foydalanilgan. Qogozga muayyan tartibda ishlangan teshiklar orqali kompyuter dasturlangan.Aslida SSSRda kompyuterni yaratish borasida Bruk va Rameyevdan ilgorroq boshqa mutaxassis akademik Sergey Lebedev ham bor edi. Biroq Lebedev oz mashinasiga shunchaki patent olishdan kora uni amaliy ishlaydigan qilishni afzal bilgan. Shu sababli ittifoq parchalanguniga qadar mamlakatda informatika kuni sifatida Bruk va Rameyev patent olgan kun nishonlangan.Lebedevning Kichik elektron hisob mashinasi (MESM) deb nomlangan kompyuteri ham ilk bor 1948-yilda sinovdan otkazilgan edi. U soniyasiga 50 ta amal bajara olgan. 1951-yilda Lebedev Katta elektron hisoblash mashinasini (BESM) ham tayyorlab namoyish qilgan. Biroq u ham oziga zamondosh bolgan Garb ishlanmalari, xususan, amerikaliklarning ENIAC kompyuteridan ancha kuchsiz bolgan. Lebedev hamkasblari bilan.Foto: WikipediaPatent berilgan yilning ozida Stalin buyrugi bilan Aniq mexanika va EHM instituti tuzilgan. Tashkilot ittifoqda EHM va u bilan bogliq fanlarni rivojlantirishga xizmat qilishi kerak edi.Aynan shu yili AQShda Norbert Vinner tomonidan Kibernetika kitobi ham nashrdan chiqqan (Vinner kibernetika fani asoschisi hisoblanadi). Kitobning bir necha nusxasi ittifoqqa yetib kelgan bolsa-da, u tarjima qilinmagan va faqat maxfiy arxivlarda saqlangan. Vinner kitobining bir nusxasi 1952-yilda mudofaa vazirligida xizmat otayotgan Anatoliy Kitov ismli yosh olim qoliga tushib qolgan. SSSRda kompyuter texnikasi va kompyuter tarmoqlarini joriy qilishning ahamiyatini aynan Kitov ilmiy tahlil qila boshlagan va amaliy harakatga tushgan. U kompyuter tarmoqlarini yaratish orqali xalq xojaligi, iqtisodiyot, mudofaa, talim va boshqa sohalarda katta muvaffaqiyatga erishish mumkinligini fahmlab yetgan. Kitov kompyuter tarmoqlarining afzalligini mamlakat rahbariyatiga tushuntirish maqsadida havo hujumiga qarashi mudofaa, sohil qoriqlash xizmati va artilleriya komplekslarini qamrab oluvchi avtomatik kompyuterlashgan tizimlarni barpo qilish misolini korsatib, kitoblar yozgan va hukumatdagilarga maktublar yollagan (u masalaning harbiy ahamiyati ochib berilsa, hukumat tezroq reaksiya bildiradi va xayrixoh boladi deb oylagan). U SSSRda va EHM tarmoqlarini rivojlantirishga zor berib harakat qila boshlagan. 1959-yilda Kitov butun SSSRni qamrab oluvchi ichki kompyuter tarmogi Yagona davlat elektron hisoblash mashinalari markazlari tarmogi loyihasini ishlab chiqqan va shaxsan Xrushchyovga taqdim etgan. Biroq Kitov har qancha urinmasin, uning goyalarini qollab-quvvatlaydigan biror odam topilmagan. Aksincha, hukumatdagilar ham, yaqinidagilar ham bu fikrlarga loqayd munosabatda bolganidan Kitov qattiq xunob bolgan. U kompyuterlashtirishning ahamiyatini hech kim fahmlamayotganidan qattiq jigibiyron bolgan. Bir necha oy otib, Kitov Xrushchyovga ikkinchi bor xat yollab, yana bir bora mamlakatda kompyuterlashtirishning ahamiyatini bayon qilgan va bu borada jahonda ortda qolmaslik kerakligini takidlagan.Shundan keyin SSSRga xos bolgan tarzda Kitovga nisbatan galati munosabat boshlangan: u partiyadan haydalgan, ozi tashkil qilgan mudofaa vazirligi EHM-markazi rahbarligidan ham boshatilgan. Keyinchalik uning goyalarini qayta jonlantirishga bir necha odam urinib korgan bolsa-da, SSSRda baribir na kompyuter texnikasi, na yagona davlat tarmogi rivojlanmay qolaverdi. Yaratilgan namunalar deyarli bitta xonani egallovchi, energiya istemoli jihatdan ham juda serxarajat mashinalar bolib chiqqan. Uloqni esa Garbda IBM, Apple singarilar ilib ketganini bugun barchamiz yaxshi bilamiz.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0