Surxondaryo viloyat hokimligi deputatlikka nomzodlar royxatidan ochirgan fuqaro togrisidagi xabarga munosabat bildirdi

Bugun, 4-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahrida yashovchi fuqaro Xursand Kochayeva tomonidan hokimlik uning nomzodini deputatlikka nomzodlar royxatidan ochirganligi togrisida xabar joylashtirildi. Surxondaryo viloyati hokimligi ushbu xabar yuzasidan munosabat bildirdi.Viloyat matbuot xizmatining bildirishicha, yangi qabul qilingan Ozbekiston Saylov kodeksiga kora, endilikda faqat siyosiy partiyalargina Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzod korsatish huquqiga ega.Mahalliy hokimliklar saylovga tayyorgarlik korish va otkazish jarayonida faqat tashkiliy jihatdan komaklashadi xolos.Shu nuqtayi nazardan Surxondaryo viloyati hokimi Tora Bobolov Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatligiga nomzodlar togrisida malumot soramagan, nomzod korsatish jarayoniga umuman aralashmagan, deyiladi xabarda.Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimligi Tora Bobolovning Xursand Kochayeva nomzodini deputatlikka nomzodlar royxatidan ochirganligi togrisidagi xabarni rad etib, saylovga tayyorgarlik korish jarayonida Saylov kodeksida nazarda tutilgan tamoyillarga ogishmay amal qilish chora-tadbirlari belgilanganini malum qilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0