Odamxor imperator. Bokassa XX asrning eng vahshiy diktatorlaridan biri

Bundan 42 yil oldin 1977-yilning 4-dekabr kuni Markaziy Afrika imperatori Jan Bedel Bokassa taxtga otirgan edi. Daryo kolumnisti Nurbek Alimov bu garoyib va qorqinchli shaxs bosib otgan yol haqida hikoya qiladi.BolalikJan Bedel Bokassa 1921-yil 22-fevralda fransuz mustamlakasi poytaxti Bangi shahridan 80 kilometr janubi-garbda joylashgan Lobae prefekturasida, Bobangi deb nomlangan katta qishloqda tugilgan. U mbaka qabilasi yashaydigan qishloq oqsoqoli oilasidagi 12 farzanddan biri edi (Markaziy Afrikaning mustamlakachilik davridagi kop amaldorlari mbaka qabilasidan chiqqan). Uning ismi katolik avliyosi Jan Batist de la Sallning qisqartirilgan nomidan olingan; Bokassa mbaka tilida kichik ormon degan manoni anglatadigan ism, keyinchalik familiya sifatida ishlatilgan. Foto: Google PhotosOlti yoshida u yetim qolgan. Fransuz mustamlakachilarining imtiyoz siyosatiga qarshi chiqqan otasi otib oldirilgan, onasi esa tez orada oz joniga qasd qilgan.Serjantdan polkovnikkachaBokassa uni ruhoniy bolishga tayyorlagan qarindoshlari tomonidan tarbiyalandi. Biroq 1939-yilning may oyida Bokassa fransuz armiyasining mustamlaka qoshinlari safiga harbiy xizmatga kiradi. 1941-yil noyabrda u Fransiya jangchilari qoshinlarida katta serjant unvonini oldi. Brazzavilni qolga olishda qatnashdi. 1944-yilda Fransiya janubiga Gitlerga qarshi koalitsiya qoshinlari tushirilishida, keyin esa Reyndagi janglarda qatnashdi. Bokassa Ikkinchi jahon urushi tugashini Normandiyada katta serjant unvonida kutib oldi.1949-yilda u Sent-Luidagi (Senegal) ofitserlik maktabini tugatdi, 1950-yil sentabrdan 1953-yil martgacha Hindi-Xitoy urushida qatnashdi. Harbiy xizmatlari uchun Shon-sharaf legion va Lotaringiya xochi ordenlari bilan mukofotlandi. Harbiy xizmatini Brazzavilda davom ettirdi va 1961-yilda Fransiya armiyasi kapitani unvonini oladi.1962-yil yanvarda fransuz armiyasidan chiqib, Markaziy Afrika qurolli kuchlarga qoshildi va mayor unvonini oldi. Markaziy Afrika Respublikasi prezidenti, amakivachchasi David Dako keyingi yili Bokassani qurolli kuchlar shtab boshligi etib tayinladi. 1964-yilda unga polkovnik unvonini berdi.Prezident1965-yil 31-dekabri 1966-yil 1-yanvarida Bokassa davlat tontarishini amalga oshirdi. Bu tarixda Yangi yil tontarishi yoki Avliyo Silvestr kunidagi tontarish nomlari bilan qoldi. Bokassa David Dakoni agdardi va qamoqqa tashladi. Bu fitnani aslida jandarmeriya boshligi tashkil qildi, ammo Bokassa uni zararsizlantirdi va fitnani oz foydasiga burdi. Foto: Google PhotosBosh shtab boshligi ozini prezident va yagona siyosiy partiya Qora Afrikaning ijtimoiy evolyutsiya sari harakati (fr. Mouvement pour l'?volution sociale de lAfrique Noire, yoki MESAN) rahbari deb elon qildi. Partiyaga mamlakatning barcha katta yoshdagi aholisi azo edi. 4-yanvar kuni prezident Bokassa MAR konstitutsiyasini bekor qildi va diktatorlik boshqaruvini boshladi. 1972-yil 2-martda Bokassa ozini umrbod prezident deb elon qildi.1969 va 1974-yillarda Bokassani davlat tontarishi bilan hokimiyatdan chetlatishga urinishlar muvaffaqiyatsiz boldi; 1976-yilda uning hayotiga suiqasd uyushtirildi. Ammo bu voqealar uning hokimiyatini mustahkamlashga asos yaratdi xolos.U pan-afrika harakatida qatnashdi. Xususan, 1968-yilda tarkibiga MAR, Kongo Demokratik Respublikasi va Chad kirgan Markaziy Afrika davlatlari ittifoqiga asos soldi.Bokassa qishloq xojaligini va agrar islohotlarni qollab-quvvatlash tarafdori edi.Tashqi siyosat yonalishida sovet bloki, Garb va qoshilmaslik harakatlari ortasida ikkilanib turdi.OdamxorlikKopchilik Bokassani ruhiy nosoglom deb hisoblagan va Ugandaning ekstsentrik diktatori Idi Amin bilan solishtirgan.1970-yil iyun oyida Bokassa SSSRga rasmiy tashrif bilan keldi. Kremlning sobiq bosh shifokori E.A. Chazov Bokassa Moskvada davolanayotganida rus oshxonasiga oshiq bolganini va uyga sovet oshpazini olib ketishni soraganini eslaydi. Keyinroq osha oshpaz prezident oshxonasida muzlatgichdan odam goshtini topib, dahshat bilan elchixonaga qochib ketgani haqidagi gaplar ham bor. Bazi malumotlarga kora, Bokassa muxolifat yetakchilarini yegan. Bir marta hatto yashirin ravishda vazirlar mahkamasini uning azolaridan biri bilan oziqlantirgan.1971-yilda Onalar kunini nishonlash doirasida Bokassa barcha mahbus ayollarni ozod qildi va ayol shaniga qarshi jinoyatlarda ayblangan erkaklarni qatl qilishni buyurdi. Foto: Wikipedia1976-yil 4-sentabrda Liviya inqilobi yetakchisi Muammar Kaddafiyning respublikaga rasmiy tashrifi paytida Bokassa va bir qator hukumat azolari tegishli musulmoncha ismlarni olish bilan islomni qabul qildi. Bokassa nasroniycha ismi Jan Bedelni Salohiddin Ahmad deb ozgartirdi.Xuddi shu oyda Bokassa hukumatni tarqatib yubordi va uning orniga Markaziy Afrika inqilobiy kengashini tashkil qildi.Imperator1976-yil 4-dekabrda MESAN partiyasining favqulodda qurultoyida Markaziy Afrika Respublikasining nomi Markaziy Afrika Imperiyasi deb ozgartirilishi elon qilindi. Kongress imperator konstitutsiyasini qabul qildi. Unga binoan, imperator ijro etuvchi hokimiyat boshligi edi. Imperator toji meros deb elon qilinib, nasldan naslga otuvchi qilib belgilandi. Xuddi shu oyda Bokassa katolik diniga qaytdi.Uning toliq unvoni Markaziy Afrika xalqlarining irodasi bilan MESAN milliy siyosiy partiyasiga birlashgan Markaziy Afrika imperatori edi. Ikki yil oldin Efiopiya imperatori Xayle Selassiye I agdarilganidan beri Bokassa dunyoda hukmronlik qilayotgan uchta imperatordan biriga aylandi qolgan ikkitasi Eron shahanshohi Muhammad Rizo Pahlaviy va yapon monarxi Xiroxito edi.1977-yil 4-dekabrda yangi tashkil topgan Bokassalar sulolasining birinchi vakili bolgan imperator Bokassa I ning toj kiydirish marosimi bolib otdi. Yevropaning eng yaxshi zargarlik firmalari ikki mingta olmos bilan bezatilgan toj yasadi. Uning qiymati 5 million dollarni tashkil etdi. Marosimga mamlakatning yillik eksport daromadining chorak qismi sarflandi. Bundan tashqari, ogirligi 2 tonna, leopard terisi bilan qoplangan, burgut shaklidagi oltin taxt yasatildi. Eng yaxshi xorijiy brendlarning 100 dan ortiq mashinasi va 130 ta oq ot sotib olindi. U marosimda kiygan poyabzal Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng qimmat oyoq kiyim sifatida kiritilgan. Marosim yangi imperator ozining kumiri deb hisoblagan Napoleon Bonapartning toj kiyish marosimidan nusxa kochirilgan holda tashkillashtirilgan edi. Koronatsiyaga dunyo va Afrika davlatlari rahbarlari, shuningdek, Papa Pavel VI taklif qilingandi. Shubhasiz, unga Rim Papasi Piy VII ning roli tayyorlanayotgandi bir vaqtlar Napoleon uning qolidan tojni tortib olgan va ozi kiygandi. Ammo, vada qilingan qimmatbaho sovgalarga qaramay, na Papa, na boshqa davlat rahbarlari Bangiga kelmadi. Fransiyadan esa hamkorlik vaziri, harbiy-dengiz orkestri va xavfsizlik batalyoni qatnashdi.Koronatsiya va imperator saroyining garoyib hashamati bilan mamlakat xalqining juda past turmush darajasi qarama-qarshi edi. 1977-yilda 43,4 ming aholiga bitta vrach togri kelar va butun imperiya uchun atigi bitta tish shifokori bor edi. Foto: Google PhotosImperiya konstitutsiyaviy hisoblanganiga qaramay, Bokassa diktaturasida hech qanday yumshash yoq edi. Muxolifatni hibsga olish, qiynoqqa solishda imperatorning shaxsan ozi qatnashardi. Bokassa rejimi 19741981-yillarda Fransiya prezidenti Valeri Jiskar dEstenning qollab-quvvatlashidan bahramand boldi, unga Bokassa foydali qazilma konlari, xususan, Fransiya yadro dasturi uchun zarur bolgan uran qazib olishda kerakli shart-sharoitlarni yaratib berdi. 1975-yilda Jiskar dEsten Bokassani ozining dosti va hatto oila azosi deb elon qildi. U Markaziy Afrikaga bir necha bor ov qilish uchun bordi.Tontarish1979-yilda shafqatsiz bostirilgan muxolifat namoyishlaridan song (xususan, hukumat tomonidan ornatilgan qimmatbaho maktab formasiga qarshi maktab oquvchilarining norozilik namoyishlari; ularning 100 nafari oldirildi) Fransiya Bokassa rejimini qollab-quvvatlay olmay qoldi. Shu bilan birga, monarxning kannibalizmi (odamxorlik) haqidagi mish-mishlar keng tarqala boshladi. Bundan tashqari, Markaziy Afrika Liviya bilan yaqinlashish siyosatini rejalashtirayotgandi.Liviyaga rasmiy tashrif bilan ketgan imperatorning mamlakatda yoqligida fransuz parashyutchilari ishtirokida 1979-yil 20-sentabrda Bangida qonsiz tontarish bolib otdi (Barrakuda operatsiyasi). David Dako qayta tiklangan respublikaning prezidenti boldi. Fransuz diplomati Jak Fokkar bu operatsiyani Fransiyaning songgi mustamlaka ekspeditsiyasi deb atadi.Bir necha hafta otgach, fransuz satirik haftaligi Kanar anshneda Bokassa Jiskarning sadoqatni sotib olgan sovgalar (masalan, brilliantlar) ommaga elon qilindi. Iqtisodiy inqiroz sharoitida bularning barchasi prezidentning mashhurligiga hissa qoshmadi albatta. Natijada 1981-yilda u saylovda Fransua Mitteranga yutqazdi. Keyinchalik aniq boldiki, 1973-yilda Bokassa Genri Kissinjerga ham olmos bergan ekan. Foto: Google PhotosBokassa surgunga amerikalik biznesmen Albert Joli toj uchun yasagan noyob olmoni ham olib ketgan edi. Ammo malum bolishicha, Joli 500 ming dollardan ortiqqa sotgan tosh aslida 500 dollardan oshmaydigan past navli soxta tosh ekan. Joli siri ochilishining oldini olib, Bokassaga olmosni hech qachon sotmaslikni tavsiya qilgandi.Surgun va hukmBokassa Liviyadan Fil Suyagi qirgoqlariga yol oldi, keyin Fransiyada, Parij yaqinidagi qasrda yashadi.Bu vaqt esa uning vatanida Bokassa ustidan sirtdan sud jarayoni bolib otdi. Sud uni 1980-yil 25-dekabrda 13 ta jinoyatda (qotillik, odamxorlik, davlat mablagini ozlashtirish, davlat mulkidan shaxsiy maqsadda noqonuniy foydalanish, jinsiy zorlash va hokazo) aybdor deb topib, olim va mol-mulkni musodara qilish hukmini chiqardi.Daydi ogilning qaytishi1986-yilda Bokassa hayotidagi eng galati ishni amalga oshirdi: u xalq yana uni taxtga kotarishiga umid qilib, ixtiyoriy ravishda MARga qaytdi. Biroq u darhol hibsga olindi; yangi sud jarayoni boshlandi. Bokassaga xoinlik, qotillik, odamxorlik va davlat mulkini ogirlash ayblovlari qoyildi.Bokassa ozini sudda faol himoya qildi va sudyalarni jabrlanuvchilarning jasadini yeganiga emas, ramziy maqsadlar uchun (dushmanning jigari omad keltiradi) muzlatgichda saqlaganiga ishontirishga muvaffaq boldi.U odamxorlikda aybdor deb topilmagan bolsa ham, qolgan ayblovlar uni 1987-yil 12-iyunda yana olimga hukm qilish uchun yetarli edi. Keyingi yili u avf etildi va hukm umrbod qamoq jazosiga, songra 20 yillik qamoq jazosiga almashtirildi. 1993-yilda demokratik tizim tiklanganidan keyin mamlakatda umumiy amnistiya elon qilindi va Bokassa ozodlikka chiqdi.IntihoUch yildan song 1996-yil 3-noyabrda u infarktdan vafot etdi.Lekin eng qizigi uning olimidan song roy berdi. 2010-yil 1-dekabrda MAR prezidenti Fransua Bozize Jan Bedel Bokassani toliq reabilitatsiya qilish togrisidagi farmonga imzo chekdi. Unga binoan, istefoga chiqarilgan imperator barcha huquqlarda tiklandi. Bozize Bokassani buyuk gumanist va buyuk quruvchi sifatida tan olingan millat ogli deb atadi.Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0