Youtube rahbari oz farzandlariga Youtubega kirishni taqiqlaydi

Youtube bosh direktori Syuzan Voychiski oz farzandlariga Youtubeda video korishga ruxsat bermaydi. Spotning yozishicha, bu haqda u CBS nashriga bergan intervyusida malum qilgan. Foto: MarketWatchQayd etilishicha, uning farzandlari faqat bolalar uchun moljallangan Youtube Kidsdan foydalanadi, xolos. Men bolalarimga Youtube Kidsdan foydalanishga ruxsat beraman, lekin ularga sarflaydigan vaqtini cheklayman. Menimcha, har qanday narsaning cheksiz bolishi bu yaxshi emas, degan Voychiski.Youtube Kids 13 yoshdan kichik bolgan bolalarga moljallangan maxsus versiya. U bolalarni nomaqbul videolardan himoya qilishi kerak edi. Biroq platformaning bu versiyasida ham shavqatsiz va uyatsiz videolar paydo bolgan. Bu muammolar kompaniyani kuchliroq ota-onalar nazoratini ornatishga undadi.Sentabr oyida AQSh Federal savdo komissiyasi Youtube bolalarning internetdagi shaxsiy malumotlarini himoya qilish togrisidagi qonunchilikni buzgani uchun 170 million dollar jarima bilan jazolagan.Agentlik Youtube yosh bolalarning shaxsiy malumotlarini ota-onalarining roziligisiz noqonuniy toplash orqali millionlab daromad olganini takidlagan. Youtube bunga javoban ota-onalarga Youtube Kids ilovasidan foydalanishni maslahat bergan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0