AQSh Kongressi vakillar palatasi Rossiyaning G7 sammitida ishtirok etishiga qarshi chiqdi

AQSh Kongressi vakillar palatasi Rossiya qoshnilarining hududiy yaxlitligini hurmat qilmaguncha G7 sammitida ishtirok etishiga qarshi rezolyutsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda Kommersant. Avvalroq tegishli qaror AQSh Kongressi vakillar palatasining tashqi ishlar boyicha qomitasi tomonidan qabul qilingan edi. Foto: EPAVakillar palatasi Rossiyani katta sakkizlikdan chetlatishni toliq qollab-quvvatlaydi va barcha G7 rahbarlarini Rossiya Ukrainaning butun suveren hududi, shu jumladan, Qrimni egallab olishni va butun dunyodagi demokratiyaga hujumini toxtatmaguncha Rossiyaning qaytishiga qarshi turishga chaqirdi, deyiladi qabul qilingan rezolyutsiyada. U tavsiyaviy xarakterga ega.Eslatib otamiz, Rossiya osha paytda siyosiy klub raisi bolgan Qrimni oz tarkibiga qoshib olganidan song 2014-yilning martida G8dan chiqarib tashlangan. Mamlakat yetakchilarining Sochida otkazilishi kerak bolgan sammiti bekor qilingan.Mavzuga doir:Tramp Rossiya tufayli G7 yetakchilari bilan san-manga bordiAvvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaning G8ga qaytishini qollab-quvvatlashini bildirgan. Biroq Yevropa Ittifoqi klubdan chiqarilishiga olib kelgan sabablar bartaraf etilmaguncha Rossiyaning G8da ishtirokini tiklashga qarshi chiqqan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0