Ruslanbek Davletov: Muammolar haqida vaqtida aniq va togri signal berib turgan jurnalistlardan minnatdor bolishimiz lozim

Ommaviy axborot vositalari erkinligi, axborot maydonidagi fikrlar xilma-xilligini taminlash har qanday islohotlar muvaffaqiyatining garovi hisoblanadi. Bu haqda Adliya vaziri Ruslanbek Davletov Facebookdagi sahifasida eslatib otgan. Foto: DaryoVazirga kora, Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 22-noyabr kuni otkazilgan selektor yigilishida ham bu masalaga alohida etibor qaratdi.Albatta, mansabdor shaxslar va jurnalistlarning ozaro munosabatlari huquqiy va odob-axloq meyorlari doirasida qurilishi zarur. Bu bugungi kunda har bir davlat idorasining ham, jamiyatimizning va fuqarolarimizning ham manfaatlariga mos keladi. Davlat organlarining ochiqligi, xalq bilan muloqotprinsiplari dadil va chuqur demokratik ozgarishlarni taqozo qiladi. Bu ozgarishlar avvalo ozimizdan, birinchi navbatda esa davlat xizmatchilaridan boshlanishi kerak. Aynan, ular ornak bolishi kerak, aksincha emas.Har qanday jamiyatni kemiruvchikorrupsiya, tanish-bilishchilik, qora iqtisodiyot va boshqa shu kabi salbiy holatlarni fosh etishda OAVning roli beqiyos ekanini rad etib bolmaydi.Xususan, adliya tizimi misolida olib qaraydigan bolsak, notariat yoki davlat xizmatlari sohasida qator qoidabuzarliklar va muammolarni hal qilishda jurnalistlar va blogerlarning katta hissasi bor.Ushbu holat OAVning kuchli fuqarolik jamiyati qurish va tizimli muammolarni bartaraf etishdagi roli naqadar muhimligini korsatib turibdi. Shunday sharoitda har bir mansabdor OAVga munosabat davlat siyosatiga munosabat ekanini chuqur anglashi lozim.Hech qaysi davlat organi oz xodimlarining har qadamini toliq nazorat qila olmaydi. Bizning etiborimizdan chetda qolayotgan muammolardan oz vaqtida ogoh bolib, ularni bartaraf etishga zudlik bilan kirishishimiz esa faoliyatimiz muvaffaqiyatining garovidir. Shunday ekan, muammolar haqida vaqtida aniq va togri signal berib turgan jurnalistlar va boshqa jamoatchilik vakillaridan minnatdor bolishimiz lozim.Biz bundan keyin ham fuqarolarimizning ogirini yengil qilish, ularning huquq va qonuniy manfaatlari ishonchli himoyasini taminlash, shuningdek, xalq bilan uzviy muloqotni yangi bosqichga olib chiqishda ommaviy axborot vositalari va boshqa jamoatchilik vakillariga suyanamiz, ular bilan hamkorlikni kuchaytiramiz.Ruslanbek Davletov, Ozbekiston adliya vaziri

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0