Toshkentda mingga yaqin avtomobil turadigan bepul stoyanka yopildi

Toshkent shahrining Amir Temur va Shahrisabz kochalari kesishmasidagi chorraha yonida joylashgan yirik bepul avtoturargoh bugun, 4-dekabrdan yopildi. Bu haqda Xabar.uz malum qildi. Foto: Xabar.uzAsosan shu atrofdagi ulkan ofislar Ucell, Mobiuz, Ipoteka bank, Ozsanoatqurilishbank, Bosh pochtamt va boshqa tashkilotlar xodimlariga tegishli mingga yaqin avtomobil turgan bu avtoturargoh bir necha hafta ilgari orab olingan edi. Endi esa u yerda Diqqat, xususiy hudud. 2019-yil 4-dekabrdan avtomobillarning kirishi taqiqlanadi degan elon osilgan. Foto: Xabar.uzBir yil avval Vazirlar Mahkamasining Toshkent shahrining markaziy qismida kop tarmoqli kompleks qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari togrisidagi qarori qabul qilingandi.Qaror bilan Turkiya va Ozbekiston kompaniyalari tomonidan poytaxtda Tashkent Central Park kop tarmoqli kompleksi qurilishi maqullangan.Toshkentning qoq markazida barpo etilishi rejalashtirilgan besh yulduzli mehmonxona, savdo-kongilochar markaz va tijorat banki aynan ushbu bepul avtoturargoh ornida quriladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0