Fizika oqituvchisi matematikadan, jismoniy tarbiya oqituvchisi esa rus tilidan dars beradi. Yakkabogdagi maktabda dars soati sotilishi aytilmoqda

Yakkabog tumanidagi 66-maktab oqituvchilari maktabda soglom muhit yoqligi, fizika fani oqituvchisi matematika fanidan, jismoniy tarbiya oqituvchisi esa rus tilidan dars berishini aytib, xalq talimi mutasaddilarini dars soatlarini sotishda ayblamoqda. Bu haqda Daryoga murojaat qilgan oqituvchilardan biri Mahfuza Rahimova bunda tuman xalq talimi mudiri Uzoq Nurmatovning qoli borligini takidlamoqda. Foto: Daryo Tuman xalq talimi bolimi mudiri dars soatini sotadi, deydi Mahfuza Rahimova.Dars soati sotilishidan shubhalanayotgan oqituvchining aytishicha, mudir ishdan tashqari payt oqshomda maktabga kelib sinf rahbarlikka davogar oqituvchilarga savol bergan va faqat ozi qollab-quvvatlagan oqituvchidan javob eshitgan. Mahfuza Rahimova javob berishga harakat qilib, qol kotarsa ham etibor bermagan. Va natijada osha ozi qollagan oqituvchiga sinf rahbarlikni topshirib ketgan. Mahfuza RahimovaFoto: Daryo 7 ta metod birlashma bor, oshalar imtihon qilishi kerak bolgan ishni mudirning ozi qilyapti, deydi Mahfuza Rahimova. Nega? Chunki bu yerda manfaatdorlik bor. Mudir direktorlar bilan kelishib, ozining odamlariga dars soatlari-yu sinf rahbarlikni topshirib ketyapti.Daryo muxbiri bilan suhbatashgan 66-maktab oqituvchilarining malumot berishicha, mudirdan ornak olgan maktab rahbari ham tanish-bilishchilik qilib, fizika fani mutaxassisligiga ega bolgan oqituvchiga matematika darslarini topshirib qoygan. Jismoniy tarbiya oqituvchisi esa rus tilidan dars beradi. Foto: Daryo Fizika fani oqituvchisi 3 yil davomida matematikadan dars berib keldi, deydi oqituvchilar. Mutaxassis bolmasa ham dars soatlari osha oqituvchiga topshirib qoyildi. Maktabimizda korrupsiya ildiz otgan.Maktab direktorining tan olishicha, haqiqatan ham fizika mutaxassisi maktabda matematika fanidan dars berib kelgan. Ammo yaqinda oqituvchiga berilgan dars soatlari olib qoyilgan. Muxtor SoliyevFoto: Daryo 13 soat matematika darsini haqiqatan ham fizika oqituvchisi otardi, lekin yaqinda olib tashladik, deydi Muxtor Soliyev.Maktab oqituvchilarining takidlashicha, boshlangich sinflarga otilishi kerak bolgan tabiat fanini ham geografiya mutaxassisligiga ega bolgan yuqori sinf oqituvchisi otadi. Ozi boshlangichlarga dars soati yetmaydi, shunday bolsa-da boshlangich sinf oqituvchilari otishi kerak bolgan tabiat fani geografiya oqituvchisiga berib yuborilgan, deydi boshlangich sinf oqituvchilari Baxtigul Gofurova hamda Xolida Xudoyqulova. Viloyat xalq talimi boshqarmasi masullariga ham shu boyicha murojaat qilib, boshlangich sinf oquvchilariga tabiatshunoslik fanini kim otishi kerakligini soradik. Boshlangich sinf oqituvchilari deyishdi. Ammo direktor bunday fikrda emas. Xolida XudoyqulovaFoto: Daryo 18 yildan beri oqituvchilik qilaman, ammo ayni kunda bor-yogi 2 soat dars berishgan, deydi orta-maxsus malumotli boshlangich sinf oqituvchisi Feruza Panjiyeva. Togri, oliy malumot olsam kopaytirishar, ammo ish tajribamga ham etibor berishsa bolardi-ku. Zavuchning menda xusumati bor. Hatto menga qol kotarishgacha borgan. Feruza PanjiyevaFoto: DaryoMaktab direktorining oquv ishlari boyicha orinbosari Shoira Samadova oqituvchi Feruza Panjiyeva bilan kelishmovchilikka borganini tan oldi, ammo qol kotarganini rad etdi. Togri, ortamizda dars soatlari sabab kelishmovchilik bolgan, ammo qol kotarganim yolgon, deydi Shoira Samadova. Aksincha, uning ozi meni sinfxonaga qamab, chiqarmaslikka harakat qildi.Maktab rahbariyatining malumot berishicha, maktabda ayni kunda 645 nafar bola tahsil oladi. Maktabda dars beruvchi 58 nafar oqituvchining 34 nafari boshlangich sinf oqituchilari. Boshlangich sinf oqituvchilarimiz hech tinchimadi, tinchimadi-da, deydi maktab direktori. Nima qilishga ham hayronman.Baxtigul Gofurovaning fikricha, bunga maktabdagi adolatsizlik sabab. Maktabda oqituvchilar ortasida dars talashuvlari avj olgan. Va oqibatda hatto oquvchilar ham oqituvchilarni hurmat qilmay qoygan. Baxtigul GofurovaFoto: Daryo Maktabda qadrimiz yoq, maktab rahbari va orinbosarlari adolatsiz ish yuritadi. Eng achinarlisi, maktabdagi mashmashalar va dars tashaluvlari sabab hatto oquvchilar ham bizni hurmat qilmay qoydi. Zalda otayotgan payti bizni turtib otishmoqda. Umuman qorqishmaydi va hurmat qilishmayapti.Boshlangich sinf oqituvchisi Xolida Xudoyqulovaning takidlashicha, maktabdagi ushbu muhitga maktab rahbariyati aybdor. Rahbarlar uquvsiz, shu boisdan ham biz boshlangich sinf oqituvchilaridan rahbar qoyilishi tarafdorimiz, deydi Xolida Xudoyqulova.Taassufki, maktabda dars soatlari talash bolayotgan bir paytda oqituvchilarning otilmagan darsi uchun haq tolash holati ham mavjud ekan. Shahnoza ErgashevaFoto: Daryo Sentabr oyida menga 9 soatga haq tolashgan, ammo 6 soat dars otganman, deydi boshlangich sinf oqituvchisi Shahnoza Ergasheva.Mutasaddi buni quyidagicha izohlamoqda. Oylik ish haqlarini hisoblash vaqti kelganda hisobchi dastlabki malumotga tayanib, oqituvchimizga 9 soatga haq tolagan, deydi Shoira Samadova. Ammo keyingi oyda ortiqcha tolangan pul ushlab qolinishi kerak edi. Ammo keyingi oy ushlab qolindimi yoki yoqmi buni aniq bilmayman. Shoira SamadovaFoto: DaryoUshbu hududda istiqomat qiluvchi ona tili va adabiyot fani oqituvchisi Oybek Karimov hamda tarix fani boyicha magistr diplomiga ega Murodulla Yusupovlar maktabdan dars berilmayotganidan shikoyat qilib, ishga kirishda tanish-bilishchilik borligiga shama qilmoqda. Qishlogimizdan 8-10 kilometr uzoqlikdagi maktabga qatnab ishlayman, deydi Oybek Karimov. Qish paytida qatnayman deb sogligimni yoqotdim, yuzimdagi nerv tomirlarim shamollab, asoratlari qoldi. Mudirga qatnayverib, charchadim. Qishlogimizdagi 66-maktabdan dars bering desam, bir yil ishlab turing deb 24-maktabga yuborishgandi. Haligacha dars bermay sarson qilishyapti. Zavuch va boshqalar darsni bolib olishib, bizga imkon berishmayapti. Men ham qishlogimda ishlashni, elimga nafim tegishini istayman. Tuman xalq talimi bolimi mudiri bizni eshitmaydi, viloyat xalq talimi boshqarmasi rahbariga ham qatnab charchadim. Topolmayman. Oybek KarimovFoto: DaryoUshbu qishloqdan chiqqan va tarix fanidan magistr diplomiga ega Murodulla Yusupov qishlogidagi ushbu maktabda tarix fanidan ortiqcha dars soatlari bolishiga qaramasdan qoshni qishloqdagi 65-maktabga qatnab ishlashga majbur bolayotganini aytmoqda. Sotsiologiya mutaxassisligiga ega oqituvchi, tarixdan dars otyapti, men ham mutaxassisman, qishlogimda ishlashni xohlayman, deydi Murodulla Yusupov.Murodulla Yusupov Daryo muxbiriga murojaat qilgani va muammo haqida aytgani bois direktorning oquv ishlari boyicha orinbosari Shoira Samadovaning tahdidiga uchrayotganini bildirmoqda. Murodulla YusupovFoto: Daryo Sen yoshlik qilding, hali korasan, dedi Shoira Samadova, deydi Murodulla Yusupov. Mayli nima deyishsa, nima qilishsa ham. Men faqat haqimni talab qilyapman. Ozimning qishlogimda 2 soat dars berishsa ham mayli. Ishlayman.Murojaatni organar chogi, korgan- kechirganlarimiz oqituvchilarning dars talashuvlari-yu maktab rahbariyatining ozini oqlashga urinishi korib, maktabda oquvchilar taqdiri, dars sifati hech kimni tashvishlantirmayotganiga guvoh boldik. Maktab oqituvchilarning dardi dars soatini kopaytirish bolsa, maktab rahbariyati suvdan quruq chiqishga intilmoqda. Bolalar taqdiri, dars sifati esa keyingi orinlarda. Essiz, essiz...Xalq talimi vazirligi bunga nima derkin?

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0