Samarqand, Guliston va Jizzaxda yer osti silkinishlari sezildi

O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etildi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, 4-dekabr, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan tong soat 05:35 da O‘zbekistonda yer osti silkinishlari qayd etilgan.Zilzila epitsentri Toshkentdan 191 kilometr janubda joylashgan. Epitsentrda zilzila magnitudasi 4,5 ni tashkil etgan; o‘chog‘i 18 kilometr chuqurlikda joylashgan. Foto: FVVYer osti silkinishlari kuchi Guliston va Samarqandda 2 ballni, Jizzaxda 3 ballni tashkil etgan. FVV ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila boshqa shaharlarda sezilmagan.Avvalroq, 3-dekabr kuni Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston shaharlarida ham sezilgani haqida xabar berilgan edi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0