Andijondagi turfirma tomonidan Umra ziyoratiga jonatilgan 14 nafar ozbekistonlikning vizasi soxta bolib chiqdi

Songgi vaqtlarda ayrim turfirmalar soxta Umra vizasini rasmiylashtirib, Saudiya Arabistoni viza nizomiga zid ravishda Ozbekiston fuqarolarini mazkur mamlakatga kiritishga urinmoqda. Bu haqda OzA xabar berdi.Malum qilinishicha, 26-noyabr, seshanba kuni Andijon viloyatida joylashgan turistik firmalardan biri tomonidan Jidda shahriga jonatilgan 14 nafar ozbekistonlikning vizasi qalbaki bolib chiqqan.Ushbu turfirma 14 nafar ziyoratchiga qalbaki vizalarni rasmiylashtirgan va Saudiya Arabistoniga yuborgan. Saudiya Arabistoni chegara xizmatining malum qilishicha, ularning vizasi bekor qilinib, mamlakatga kiritilmasdan deportatsiya qilingan.Ozbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi va Ozbekiston havo yollari AKning Saudiya Arabistonidagi vakillari bilan hamkorlikda holat yuzasidan barcha zaruriy tashkiliy tadbirlar amalga oshirilib, 27-noyabr, chorshanba kuni JiddaToshkent reysi bilan yuqoridagi 14 nafar fuqaro Ozbekistonga qaytarilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0