Saylovchilar vaqtincha yashash joyida ham ovoz berishda ishtirok etishi mumkinligi malum qilindi

Ozbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining orinbosari Mahmud Istamov 2019-yil 22-dekabrdagi saylovlar uchun ilk bor mamlakat miqyosida saylovchilarning yagona elektron royxati va saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi amalda qollanilayotgani haqida axborot berdi. Bu haqda MSK saytida malum qilindi. Foto: DaryoXabar berilishicha, saylovchining qaysi saylov uchastkasi boyicha (doimiy yoki vaqtincha propiska joyi boyicha) saylovchilar royxatiga kiritilishi uchastka saylov komissiyasi otkazadigan uyma-uy yurish natijalariga kora aniqlanadi.Saylov uchastkasi hududida vaqtinchalik yashayotgan fuqarolar bolsa, ularning ovoz berish kuni ushbu hududda bolishi yoki bolmasligi ozaro suhbat chogida uchastka saylov komissiyasi azosi tomonidan aniqlanadi va saylovchini vaqtincha yashab turgan joyi boyicha saylovchilar royxatiga kiritish masalasi hal etiladi.Saylov uchastkasi hududida vaqtinchalik yashayotgan fuqarolar bilan shaxsan suhbat qurish imkoniyati bolmasa, ular vaqtincha yashash joyidagi saylov uchastkasi saylovchilar royxatiga kiritilmaydi.Agar saylovchi yashab turgan joyi boyicha hisobga olingan bolmasa (propiskada turmasa), vaqtincha yashash joyidagi saylov uchastkasi boyicha saylovchilar royxatiga kiritilishi va ovoz berishi mumkin.Bunda saylovchi yashab turgan joyidagi saylov uchastkasi boyicha royxatga kiritilishi uchun shu hududdagi uchastka saylov komissiyasiga saylovga kamida uch kun qolgunga qadar (19-dekabrgacha) murojaat qilishi mumkin.Bunda fuqarodan haqiqatan saylov uchastkasi joylashgan hududda vaqtincha yashayotganligini qoshimcha hujjatlar (vaqtincha yashash malumotnomasi va boshqalar) bilan tasdiqlashni talab qilishga yol qoyilmaydi.Murojaatdan song uchastka saylov komissiyasi fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida saylovchining qaysi saylov uchastkasi boyicha royxatga kiritilganligini saylovchilarning yagona elektron royxatidan izlab topadi va muddatidan oldin ovoz bergan yoki bermaganligini aniqlaydi. Muddatidan oldin ovoz berish huquqidan foydalanmagan saylovchilargina vaqtincha yashash joyidagi saylov uchastkasi boyicha saylovchilar royxatiga kiritilishi mumkin.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0