AQSh “Google solig‘i” sababli Fransiyaga 2,4 mlrd dollarlik boj bilan tahdid qildi

AQSh Fransiyadan import qilinadigan mahsulotlarga 2,4 milliard dollarlik bojxona bojini joriy qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu AQSh kompaniyalariga nisbatan joriy qilingan “raqamli soliq”qa javob sifatida amalga kiritilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Meduza xabar berdi. Foto: “Yandeks”AQSh savdo vakolatxonasining xabar berishicha, Fransiya tomonidan raqamli xizmatlarga joriy qilingan soliq AQSh kompaniyalarini kamsitadi va ularning soliq yukini oshirib yuboradi.Javob chorasi sifatida AQSh 2020-yilda Fransiyaning 63 nomdagi mahsulotiga 100 foizlik bojxona bojini joriy qilishi mumkin. Bu mahsulotlar qatoriga vino, pishloq, sumkalar va kosmetika mahsulotlari kiradi.Mavzuga doir: O‘zbekistonda “Google solig‘i” joriy qilinishi mumkin

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0