Ohangaronda 53 yoshli piyodani urib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda

Ohangaron tumani hududidan otuvchi ToshkentOlmaliq avtomobil yolining 6-kilometrida 2-dekabr, dushanba kuni taxminan soat 05:00 da nomalum shaxs boshqaruvidagi transport vositasi 53 yoshli piyoda A.V.ni urib yuborgan. Haydovchi jabrlanuvchiga birinchi tez tibbiy yordam korsatmasdan, uni xavf ostida qoldirib hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda Ozbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti malum qildi. Foto: Ozbekiston IIV huzuridagi Tergov departamentiXabar berilishicha, olingan jarohatlari oqibatda A.V. yol-transport hodisasi sodir bolgan joyida vafot etgan.Hodisa sodir bolgan joyni kozdan kechirish jarayonida transport vositasining oldi bamper qismi va boshqa bolaklari olingan.Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tuman IIB huzuridagi ergov bolimi tomonidan Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam olimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) va 117-moddasi 2-qismi (xavf ostida qoldirish odam olishiga sabab bolsa) bilan jinoyat ishi qozgatilgan.Olib borilayotgan dastlabki tergov harakatlari jarayonida tegishli ekspertizalar tayinlangan, ushbu YTHni sodir etgan transport vositasi va uning haydovchisini aniqlash maqsadida tezkor qidiruv tadbirlari otkazilmoqda.Tergov departamenti ushbu holatga guvoh bolgan kishilardan uning qatnashchilari haqida hududiy IIBlarga yoki +998707624121, +998707624122, +998712314626 telefon raqamlariga xabar berishni soramoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0