Arab dunyosida kopxotinlilikning urfdan qolishi sabablari malum qilindi

Liviya, Marokash, Tunis, Jazoir va Mavritaniya kabi arab mamlakatlarda kopxotinlilik tobora urfdan qolmoqda. Bu haqda Marokashdagi Muhammad VI nomli sotsiologiya universiteti professori Muxtor al-Harras arab dunyosida oila holati mavzusiga bagishlangan forumda malum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti. Foto: RIA NovostiOlimning malum qilishicha, Liviyada murakkab vaziyat va iqtisodiy sabablarga kora, kopxotinlilik holatlari soni kamaydi. Tunisda esa 1975-yilda kopxotinlilikni taqiqlovchi qonun qabul qilingan. Marokashda 2004-yilda bir vaqtning ozida bir nechta nikohdan otishga tosiq qoyadigan qonun qabul qilindi. Xususan, bir necha xotinga uylanishni istagan erkak bir nechta shartlarni bajarishi lozim, xususan, birinchi xotinning ruxsatini olish shartlardan biri sanaladi.Qayd etilishicha, Jazoirda kop xotinli erkaklar soni juda kam. Jamiyatda esa kopxotinlilik goyasi qollab-quvvatlanmaydi. Mavritaniyada kopxotinlilik jamiyatning muayyan qatlamlari orasidagina keng tarqalgan.Olimning aytishicha, kopgina arab davlatlarida kopxotinlilik oz dolzarbligini yoqotayotganining sababi sifatida erkaklarning bugungi kunda barcha xotinlari va bolalarini teng darajada taminlay olmasligi korsatilmoqda.Arab ayollari orasida esa kopxotinlilikning adolatsizligi, bunday holatlarda kopincha ayollar va bolalar huquqlari buzilishi haqidagi fikr tobora keng ommalashmoqda.Takidlanishicha, Magribdagi arab davlatlarida erkaklar hali ham oz ayollarining ishlashini qabul qila olmaydi. Ushbu davlatlarda oilalarning uchdan bir qismida ayolning ishlashi er bilan kelishmovchiliklarga sabab boladi. Mintaqaning eng feministik mamlakati hisoblanadigan Tunisda aynan shu turdagi kelishmovchiliklar koproq uchraydi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0