Toshkentda sogliqni saqlash va farmatsevtika boyicha ilk ozbekturk biznes forumi boshlandi

Ozbekistonda bolib otayotgan Salomatlik haftaligi doirasida sogliqni saqlash va farmatsevtika sohasida birinchi ozbekturk biznes forumi tashkil etildi. Unda Turkiya sogliqni saqlash vaziri Faxruddin Qovja boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda. Bu haqda Sogliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati malum qildi. Foto: Sogliqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiIkki davlat sogliqni saqlash vazirlari shu yil fevral oyida Istanbulda bolib otgan Jahon sogliqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosi yigilishida Toshkentda ozbekturk forumini tashkil etishga kelishib olgan edi. Shuningdek, Alisher Shodmonov va Faxruddin Qovja 20192020-yillarga moljallangan hamda ozaro hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan Yol xaritasini ham imzolagan edi.OzbekistonTurkiya munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashda Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi alohida orin tutadi. Otgan yil martiyul oylarida TIKAgumanitar yordam sifatida Ozbekistonga 50 ta Toyota rusumli tez yordam mashinasini yetkazib berish boyicha loyihani amalga oshirdi. Foto: Sogliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati2018-yil aprel oyidan boshlab transplantatsiya sohasida taniqli turkiyalik olim, professor Mahmud Xaberal rahbarligida Anqaradagi Boshkent universiteti mutaxassislari ishtirokida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida buyrak transplantatsiyasi operatsiyasi boshlandi. Ayni paytga qadar 300 dan ortiq buyrak transplantatsiyasi boyicha jarrohlik amaliyotlari otkazilgan.Turkiya Tibbiyot fanlari universiteti bilan kelishuvga binoan shu yil yozda Buxoro davlat tibbiyot instituti bazasida ushbu universitetning filiali ochilgan bolib, u yerda tibbiyot fakulteti va Oliy tibbiyot maktabi faoliyat korsatmoqda. Bugungi kunda ushbu maskanda 130 dan ziyod talaba tahsil olmoqda.Kanimed saglik gozumlari kompaniyasi bilan Termiz, Namangan, Andijon va Toshkentda 70 million AQSh dollari miqdoridagi laboratoriya-diagnostika markazlarini tashkil etish, shuningdek, xususiy kasalxonalar qurish boyicha 30 million AQSh dollarilik loyihalar amalga oshirilmoqda. Yaqinda Termiz shahrida zamonaviy Kani-med laboratoriya markazi ochilganini alohida takidlash kerak. Bu yerda 30 ta yangi ish orni yaratilib, 300 turdan ortiq laboratoriya tahlillari bajarilmoqda. Foto: Sogliqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiForum doirasida har ikki mamlakat sogliqni saqlash sohasidagi faoliyat aks etgan korgazma kopchilikka manzur boldi. Shuningdek, ozaro hamkorlik boyicha uchrashuvlar, taqdimotlar, davra suhbatlari hamda turk delegatsiyasi vakillarining davlat va xususiy tibbiyot muassasalariga tashriflari tashkil etiladi.Jumladan, ikki mamlakat sogliqni saqlash vazirlari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, ozbek-turk shifokorlari hamkorligida tibbiyotning turli yonalishlarida noyob jarrohlik amaliyotlari otkazilgan bemorlar holidan ham xabar oladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0