Toshkentda 540 nafar nogironligi bor bolaga maxsus aravachalar topshirildi

Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan Ozbekiston davlat konservatoriyasida 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuniga bagishlab otkazilgan tadbirda nogironligi bolgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yonalishida olib borilayotgan chora-tadbirlar va istiqboldagi vazifalarga alohida urgu berildi. Bu haqda vazirlik tomonidan xabar berildi. Foto: Sogliqni saqlash vazirligi Foto: Sogliqni saqlash vazirligiUnda Ozbekiston bosh vaziri orinbosari Aziz Abduhakimov, sogliqni saqlash vaziri orinbosari Abduhakim Hojiboyev, Ozbekiston Nogironlar jamiyatining raisi Komil Abdullayev sozga chiqib, ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi.Qayd etilishicha, songgi uch yil mobaynida respublikada keksalar, nogironligi bolgan shaxslar va imkoniyati cheklangan bolalarga tibbiy-ijtimoiy xizmat korsatish yonalishida keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi. Foto: Sogliqni saqlash vazirligi Foto: Sogliqni saqlash vazirligiXususan, nogironligi bolgan shaxslarga qulaylik yaratish uchun jamoat transporti panduslar, alohida joylar bilan, bekatlar va marshrutlarni eshittiruvchi, elektron malumotli tablolar kabi maxsus vositalar bilan jihozlanadi. Shuningdek, ushbu yonalishda kadrlar tayyorlashga, ilm-fanni rivojlantirishga ham alohida etibor qaratilmoqda. Jumladan, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti negizida birinchi marta ijtimoiy tibbiyot kafedrasi tashkil etildi. Foto: Sogliqni saqlash vazirligiOzbekiston Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi Protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari ishlab chiqarilishini rivojlantirish hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari togrisidagi qarori doirasida birinchi marta tizimdagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarni yangidan qurish, rekonstruksiya qilish ishlariga qariyb 389 milliard som mablag ajratildi va bu borada amaliy ishlar olib borilmoqda.Tadbirda 540 nafar nogironligi bor bolaga zamonaviy, yengil konstruksiyali qulay bolgan nogironlik aravachalari tarqatildi. Takidlanishicha, 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan joriy yilning 30-noyabridan 30-dekabriga qadar mehr-muruvvat oyligi otkazilmoqda. Unda nogironligi bolgan shaxslarni har taraflama qollab-quvvatlashga qaratilgan keng qamrovli tadbirlarni amalga oshirish kozda tutilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0