Ozbekiston BAAdagi madaniy meros festivalida oz milliy stendi bilan qatnashmoqda

Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida 29-noyabr, juma kuni Shayx Zaid madaniy-tarixiy merosi festivali oz ishini boshladi. Festivalda Ozbekiston oz stendi bilan ishtirok etmoqda. Bu haqda Ozbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi xabar berdi. Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qomitasiQayd etilishicha, Ozbekiston Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi, Madaniyat vazirligi va Hunarmand uyushmasi hamkorligida festivalning markaziy maydonida Ozbekistonning keng kolamli karvonsaroy pavilyoni tashkil etilgan. U yerda mehmonlar uchun ozbekona supalar, ustaxonalar va hunarmandlar rastalari, ozbek oshxonasi maydoni va sanatkorlar chiqishlari uchun sahnalar joy olgan. Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qomitasiOzbekiston 26 ta davlat bilan bir qatorda ikkinchi yil oz milliy pavilyoni bilan qatnashmoqda va festivaldagi eng yorqin tort maydondan biriga aylanmoqda. Xalqaro festival ishtirokchilari paradi Ozbekiston pavilyonidan boshlanadi. Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qomitasiMalum qilinishicha, festival maydoni har bir amirlikning maxsus tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylarining maketlari korgazmasini ozida jamlagan. Festival Shayx Zayd bin Sulton Al-Nahayonning BAA merosi, xususan, jahon sivilizatsiyasining umuminsoniy merosini asrashga bolgan say-harakatlarini aks ettiradi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0