Daryo oqshomi: Saylov va bayram sabab qayta tiklanayotgan postlar, ozini osib qoygan sobiq zamhokim, Ozbekistonni jahon chempioni qilgan futbol murabbiyi vafoti

Kun dahshatlari. Jizzaxda mast holda yotgan qizni bir necha avtomobil bosib ketdi. Margilon shahar hokimining sobiq orinbosari oz uyida osilgan holda topildi. Buxoroda 6 yoshli bola shifoxonada vafot etdi, uning singlisi esa komada sabab sifatida is gazi korsatilmoqda. Toshkentda 25 kunlik chaqalogidan ayrilgan ona shifoxona ustidan shikoyat qildi vazirlik holat yuzasidan tekshiruv boshladi. Meksikada ibr kunda rekord darajada kop 127 qotillik qayd etildi. Samoada ommaviy qizamiq epidemiyasi 50 dan ortiq bolani hayotdan olib ketdi... Ha, kun shunday dahshatli boldi.Qurildi, buzildilar. Xabaringiz bor, Ozbekiston boylab 2018-yil boshida yopilgan nazorat postlari qayta tiklanmoqda shu munosabat bilan IIV tushuntirish berdi va fuqarolardan vaqtinchalik ozgarishlarni togri tushunishni soradi; kecha oqshomda Tashkent Citydagi Kongress-xoll tomi qulagani haqida xabarlar tarqalgan edi Siti mamuriyati ham, shahar hokimligi ham bu xabarlarni rad etdi. Jizzaxda esa bir necha xonadonni suv bosdi hammasiga chiqindilar sababchi. Rustam Qoriyev.Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmatiFutbol boyicha Ozbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasini jahon chempioniga aylantirgan murabbiy vafot etdi. Rustam Qoriyev 68 yoshda edi. Nogiron-amputantlar futboli va uning jahon chempionati FIFA tomonidan tan olinmasa-da, Qoriyev boshchiligidagi jamoa qayd etgan tarixiy natijalar hech qachon oz ahamiyatini yoqotmaydi.Odamiylik rukniga: Malayziyalik ayolning otasidan esdalik bolib qolgan kupyurasi ogirlab ketilganidan bir yil otib egasiga qaytarildi. Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan Buxoro bugusi mahalliy aholi xonadoniga kirib qoldi ayiq bolganida, kim bilsin, balki oldirib qoyishardi, lekin buguni hozircha Termiz hayvonot bogida saqlashmoqda.Oqish qatiy tavsiya etiladi: Bangladeshdagi genotsid, Hindiston va Pokiston ortasidagi urush va Bhuttoning rasmiy uzri Uchinchi Hindiston va Pokiston urushi tarixi; 3-dekabr tarixda birinchi yurak kochirish operatsiyasi bajarilgan sana. Bu yuragi xasta minglab odamlarga umid bagishlagan edi; Telegramga qaravoring: Twitterdagi ozbekistonliklar ozlariga kelgan songgi eng qiziqarli SMSlar bilan bolishdi buni korish kerak!

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0