Ozbekiston muzeylarida imkoniyati cheklanganlar, keksalar va bolalar tashrifi uchun qulayliklar yaratiladi

20202021-yillarda Ozbekiston muzeylarining inklyuzivligi dasturida taktil yolaklar, ovozli xabar berish svetoforlari, metro bekatlarida maxsus kotarilish vositalarini ornatish nazarda tutilgan, deb yozmoqda Norma.Qayd etilishicha, dastur imkoniyati cheklangan shaxslar, maktab yoshidagi bolalar, keksa tashrif buyuruvchilar va ularga hamrohlik qiladigan shaxslarning muzeylarga tashrif buyurishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida ishlab chiqilgan. Unda inklyuziv talablarni hisobga olgan holda quyidagi vazifalarni amalga oshirish nazarda tutilgan.Birinchidan, muzeylar va ularga tutash hududlar infratuzilmasini takomillashtirish. Ushbu maqsadlarda quyidagilar rejalashtirilmoqda: mamuriy binolarga qoyiladigan talablarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish (2020-yilning II choragiga kelib idoraviy NHH ishlab chiqiladi); taktil yolaklar, muzeylarda ona va bola xonalarini tashkil etish, bekatlar va jamoat transportida audiovizual xabar berish tizimlarini joriy etish, ovozli xabar berish svetoforlari, metro bekatlarida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun kotarilish vositalarini ornatish; tegishli uchastkalarda maxsus sirgalmaydigan qoplamali, jarohat yetkazmaydigan ushlagich va panduslar ornatish. Tashkiliy tadbirlar keyingi yilning III choragidan boshlanadi hamda muntazam ravishda davom ettiriladi. Mavzuga doir:Ozbekistonda 710 mingdan ortiq kishi imkoniyati cheklangan shaxs sifatida royxatga olinganIkkinchidan, inklyuziv xizmat korsatish amaliyoti joriy qilinadi. U quyidagilarni oz ichiga oladi: kozi ojizlar va yaxshi kormaydigan tashrif buyuruvchilar uchun madaniy tadbirlarni tiflosharhlash amaliyotini joriy qilish (kozi ojizlar va yaxshi kormaydigan tashrif buyuruvchilar uchun sodir bolayotganlarni tasvirlab berish). Bajarish muddati 2021-yil IV chorak; hid, tovush, musiqa orqali ongli va verbal tavsiflash mumkin bolgan eksponatlar korgazmalarini tashkil etish (2020-yil III chorak) va boshqalar. Uchinchidan, muzey kadrlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish. Xodimlar uchun imkoniyati cheklangan tashrif buyuruvchilar bilan oziga xos muomala qilish va zarur hollarda ularga birlamchi tibbiy yordam korsatish konikmasiga ega bolgan kadrlarni tayyorlash uchun maxsus kurslar tashkil etiladi. Tadbirlar 20202022-yillarga moljallangan.Mavzuga doir:Korish imkoniyati cheklangan bolalar uchun innovatsion sovga Saida Mirziyoyeva maxsus kompyuter markazini ochib berdiTortinchidan, 2021-yilda muzeylarning moddiy-texnika bazasi yangilanadi, xususan quyidagilar ornatiladi: sanitariya-maishiy binolarda maxsus kabinalar, taktil belgilar, xavf-xatardan ogohlantiruvchi signalizatsiya tizimlari; sinxron tarjima uchun asbob-uskunalar; kozi ojiz tashrif buyuruvchilar uchun radiomayoqlar; muzeylarda tadbirlar otkazish chogida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus orindiqlar va boshqalar. Avgust oyida imkoniyati cheklangan shaxslarning Ozbekiston boylab sayohatlarini tashkillashtirishni maqsad qilgan Sayohat barcha uchun loyihasi amalga oshirilgan edi. Mazkur loyihaning ilk manzili Samarqand shahrida bolib otgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0