Adabiyot boyicha Nobel mukofoti qomitasini 2 kishi tark etdi. Bunga 2019-yil uchun mukofot Peter Xandkega berilgani ham sabab bolgan

Adabiyot boyicha Nobel mukofoti qomitasidan ikki nafar tashqi mutaxassis tark etmoqchi, deb yozmoqda Meduza. Bular yozuvchilar Kristoffer Leander va Gun-Britt Sundstremdir. Ularning ketayotganini Adabiyot boyicha Nobel mukofotini beruvchi Shved fanlar akademiyasi ham tasdiqlagan. Foto: AFPLeander ozining ketayotganini boshlangan ozgarishlar natijasini kutishga sabri ham, vaqti ham yoqligi bilan izohlagan. Akademiya va mening vaqt haqida qarashlarimiz turlicha. Akademiya uchun juda qisqa bolgan 1 yil vaqt men uchun juda kopdir, degan u.Sundstrem ozining ketishini bir necha sabablar bilan izohlagan. Ulardan biri Nobel mukofoti avstriyalik yozuvchi va dramaturg Peter Xandkega nasib etganidir. Uning sozlariga kora, Shved akademiyasida va undan tashqarida bu qaror adabiyotga siyosatdan ustun turuvchi narsa sifatida qarash deb tushunilmoqda. Bu mening mafkuram emas, deya takidlagan yozuvchi.Mavzuga doir:Adabiyot yonalishi boyicha Nobel mukofoti polshalik Olga Tokarchuk hamda avstriyalik Peter Xandkega nasib etdi2018-yilda Shved akademiyasi azolaridan birining turmush ortogi begonalarga Adabiyot boyicha Nobel mukofoti nomzodari ismlarini oldindan oshkor qilib kelgani aniqlangan. Shu sababli Adabiyot boyicha Nobel mukofoti qomitasining tarkibi yangilangan, mukofot topshirish esa 1 yilga kechiktirilgan edi.2019-yilda birvarakayiga ikkita Nobelchi nomi elon qilingan. Ular polshalik Olga Tokarchuk hamda avstriyalik Peter Xandke bolgan. Xandkeni mukofotlash togrisidagi qaror yozuvchining siyosiy qarashlari, xususan, Serbiya va uning sobiq prezidenti Slobodan Milosevichning Yugoslaviya urushlarida tutgan pozitsiyasini qollab-quvvatlagani sababli tanqid qilingan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0