Ozbekistonda soliq organlarining javobgarligi kuchaytirilmoqda

Qonunchilik palatasining 2019-yil 26-noyabrda otkazilgan majlisida yangi tahrirdagi Soliq kodeksi togrisidagi qonun loyihasi konseptual jihatdan birinchi oqishda maqullangan edi. Foto: Soliq qomitasi matbuot xizmatiParlament matbuot xizmatining xabar berishicha, ayni paytda parlament quyi palatasining barcha qomitalari, siyosiy partiyalar fraksiyalari va Ozbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhi yigilishlarida hamda ishchi guruhlarda mazkur qonun loyihasi keng muhokamada moddama-moddakorib chiqilmoqda.Kodeks loyihasida asosiy etibor soliq qonunchiligini maksimal darajada soddalashtirishga, ziddiyatlar va tushunmovchiliklarni bartaraf etishga, insofli soliq tolovchilar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan bolsa, soliq organlarining huquq va majburiyatlari belgilangan holda ularning javobgarligi ham kuchaytirilmoqda, deyiladi parlament xabarida.Muhim ozgarishlardan biri bu ortiqcha tolangan soliq summalarining oz vaqtida qaytarilmagani yoki soliq summalari sozsiz tartibda asossiz undirilgani uchun Ozbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida budjetdan soliq tolovchilarga foiz tolash yoli bilan soliq organlarining javobgarligini kuchaytirishdir.Qayd etilishicha, kodeks loyihasida asosiy vositalar obyektlari, shu jumladan, kochmas mulk obyektlari xarid qilinganda (barpo etilganda) qoshimcha qiymat soligi (QQS) biryola hisobga olinishini nazarda tutuvchi tartib joriy etilishi bilan soliqni tolash tartiblari ham soddalashtirilmoqda. Shuningdek, qoshilgan qiymat soligini qaytarib berish tizimi tubdan ozgartirildi. Yani, batafsil kameral tekshiruv otkazilganidan keyin QQS boyicha manfiy qoldiq summasini qaytarish huquqi taqdim etiladi.Avvalroq Soliq kodeksining yangi tahririda tadbirkorlarga soliqlarni tolashni kechiktirish yoki bolib tolash imkoni berilayotgani haqida xabar berilgan edi.Mavzuga doir:Tadbirkorlarga soliqlarni tolashni kechiktirish yoki bolib tolash imkoni berilmoqda

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0