Hududlardagi harbiy shaharchalarda tadbirkorlik uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda (foto)

2019-yilning otgan davri davomida harbiy shaharchalar hududida 16 ta tadbirkorlik subyekti tashkil qilinib, 267 ta ish orinlari yaratilgan hamda ushbu ish orinlarining 145 tasiga harbiy xizmatchilarning ish bilan band bolmagan oila azolari joylashtirildi. Bu haqda Harbiy prokuratura matbuot xizmati Daryoga xabar berdi. Foto: Harbiy prokuratura matbuot xizmatiMasalan, Andijon harbiy prokuraturasi tomonidan Andijon viloyati harbiy-mamuriy sektori bilan hamkorlikda Andijon garnizonidagi harbiy shaharcha hududidan 1,0 gektar yer maydoni ajratilib, ushbu hududda Al-Hakim MChJ tekstil korxonasiga qarashli tikuvchilik sexi tashkil etilgan va tikuvchilik sexi 2019-yil sentabr oyida faoliyatini boshlab, 150 kishilik ish orni yaratilib, mahalliy aholi bilan birgalikda harbiy xizmatchilarning 37 nafar oila azosi doimiy ish bilan taminlangan. Shuningdek, hozirda mazkur harbiy shaharcha hududidan qoshimcha 150 kishilik tikuvchilik sexi binosi qurilishi amalga oshirilmoqda.Takidlash joizki, Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida birgina 2019-yilning avgustnoyabr oylarida harbiy shaharchalar hududida 5 ta tadbirkorlik subyekti tashkil etilib, jami 34 nafar harbiy xizmatchining oila azolarining bandligi taminlangan. Foto: Harbiy prokuratura matbuot xizmatiBundan tashqari, Urganch harbiy prokuraturasi tomonidan Xorazm viloyati Shovot tuman hokimligi bilan hamkorlikda Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchisining turmush ortogi Sh.Narzullayevaga Shohizamin Hayot oilaviy korxonasining tashkil etilishida, ushbu korxona faoliyati uchun Shovot tumani Qiyat QFY hududidan 2 gektar yer maydoni ajratilishida hamda ushbu korxonaning parranda yetishtirish bilan bogliq faoliyatini boshlashi uchun Mikrokreditbank ATB Xorazm viloyati filialidan 200 million som miqdorida imtiyozli kredit ajratilishida amaliy yordam korsatilgan hamda ushbu korxona 2019-yil noyabr oyida faoliyatini boshlab 5 nafar harbiy xizmatchining oila azosi ish bilan taminlangan. Foto: Harbiy prokuratura matbuot xizmatiFargona harbiy prokuraturasining tashabbusi va amaliy yordami bilan Fargona shahridagi harbiy shaharchada bosh turgan bir qavatli binoning xonalari tamirdan chiqarilib, tadbirkorlar jalb qilingan holda, tikuv sexi, Sartaroshxona va oyoq kiyim tamirlash xonasi tashkil qilinib, ularning faoliyati yolga qoyilib, 16 ta yangi ish orini yaratilishiga va ushbu ish orinlariga harbiy xizmatchilarning mehnat bilan band bolmagan oila azolari jalb qilinishiga erishilgan.Shuningdek, ushbu harbiy shaharchada harbiy prokuraturaning komaklashuvida harbiy xizmatchilarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ularni maishiy texnikalarga bolgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida imtiyozli kredit asosida tovarlarni xarid qilish imkoniyatlari yaratilgan Tinchlik farovon biznes maishiy texnikalar dokoni tashkil etilib, 2 nafar nafaqada bolgan harbiy xizmatchi ish bilan taminlangan. Foto: Harbiy prokuratura matbuot xizmatiHozirda mazkur savdo dokonida Samsung, Artel, Shivaki va Avalon rusumdagi maishiy texnikalar keltirilib, imtiyozli narxlarda kredit asosida harbiy xizmatchilar va ularning oila azolariga sotilmoqda.Ozbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi organlari tomonidan ushbu yonalishdagi ishlar davom ettirib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0