Toshkentdagi Bo‘rijar anhoridan Makarov to‘pponchasi topildi
Toshkentning Chilonzor tumanida 3 va 4-dahalar hududidan oqib o‘tuvchi “Bo‘rijar” anhoridan Makarov to‘pponchasi topildi.“Postda.uz”ning xabar berishicha, to‘pponcha 1-dekabr soat 14:50 larda topilgan. To‘pponcha polietilen paketga qismlarga ajratilgan holda solingan. Shuningdek, polietilen paketda 2 dona o‘qdon va 18 dona o‘q ham bo‘lgan.Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.Avvalroq Farg‘onada “Makarov” to‘pponchasini sotayotgan otaxon qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.
Manba: Daryo.uz
Manba: Daryo.uz