DXX Qashqadaryoda neft mahsulotlarining noqonuniy ozlashtirilishiga chek qoydi

Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan otkazilgan tezkor tadbir davomida Muborak tumani hududida harakatlanayotgan Koson tumanida yashovchi B.N. boshqaruvidagi maxsus sisternali Kamaz rusumli avtomashinada 29 tonna 560 litr neft mahsuloti borligi aniqlandi. Bu haqda Daryoning DXXdagi manbalari xabar bermoqda.Shuningdek, tezkor tadbir davomida Shirinbuloq YPX maskanida toxtatilgan Buxoro viloyati Kogon tumanida yashovchi X.Sh. boshqaruvidagi maxsus sisternali yuk avtomashinasida 44 tonna 980 litr neft mahsuloti borligi ham malum boldi.Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida fuqarolar B.N. va X.Sh.Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi D.U. va Buxoro viloyati Buxoro tumanida yashovchi I.U.lar bilan oldindan til biriktirgan holda ushbu neft mahsulotlarini Muborak tumanida joylashgan Orta buloq koni hududidan otgan quvurni yashirincha teshib, qolbola moslama yordamida olganliklari aniqlandi.Yana bir holatda esa Chiroqchi tumani Umakay YPX maskanida Qashqadaryo viloyati Guzor tumanida yashovchi Sh.B. boshqaruvidagi Kamaz avtomashinasi toxtatildi. Tekshiruv davomida Boriyev hamda uning sherigi V.Y. 16 tonna 647 litr neft mahsulotini hech qanday hujjatlarsiz olib ketayotganligi aniqlandi.Otkazilgan tadbirlar jarayonida jami 91 tonnadan ziyod neft mahsulotlarining noqonuniy ozlashtirilishiga chek qoyildi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0