Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonning oglini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev 3-dekabr kuni Dushanbe shahri meri Rustam Emomalini qabul qildi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati. Foto: Prezident matbuot xizmatiXabarda aytilishicha, uchrashuv avvalida davlat rahbari Ozbekiston va Tojikiston ortasidagi dostlik va yaxshi qoshnichilik munosabatlari keyingi yillarda izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etgan. Ikki qardosh mamlakat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli kop qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish taminlangani, Ozbekiston va Tojikiston ortasida strategik sheriklik yolga qoyilgani alohida takidlangan.Dushanbe meri Rustam Emomali qabul uchun samimiy minnatdorlik bildirib, Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.Uchrashuvda, shuningdek, mamlakatlar poytaxtlari Toshkent va Dushanbe ortasida ozaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari muhokama qilingan.Shaharni boshqarish va infratuzilmani rivojlantirish, yol xaritasi asosida qoshma kooperatsiya loyihalari va madaniy-gumanitar hamkorlik dasturlarini amalga oshirish kabi yonalishlarda muntazam muloqotni yolga qoyish masalalariga alohida etibor qaratilgan.Eslatib otamiz, 3-dekabr kuni kelgan Tojikiston prezidentining ogli Rustam EmomaliniToshkent xalqaro aeroportida Jahongir Ortiqxojayev kutib olgandi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0