Ozbekistonda volontyorlik faoliyatining qonuniy asoslari belgilandi

Volontyorlik faoliyati togrisidagi qonun Prezident tomonidan imzolandi, deb xabar berdi Huquqiy axborot.Qonunga muvofiq, volontyorlik faoliyati jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning manfaatlarini kozlab bepul asosda amalga oshiriladigan, jamoat uchun foydali bolgan ixtiyoriy faoliyat hisoblanadi.Volontyorlik faoliyati quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin: yakka tartibdagi volontyorlik faoliyati; volontyorlar guruhi tarkibidagi volontyorlik faoliyati; volontyorlik tashkiloti orqali volontyorlik faoliyati. Kam taminlanganlarni, ishsizlarni, kop bolalilarni va boshqa shu kabi shaxslarni qollab-quvvatlash maqsadida yordam korsatish volontyorlik faoliyatini amalga oshirish yonalishlaridan biridir.18 yoshga tolgan jismoniy shaxslar volontyorlik faoliyatini amalga oshirishi mumkin.Volontyorlik volontyor va volontyorlik faoliyatining tashkilotchisi ortasida yozma shaklda tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin.Volontyorlik faoliyatining tashkilotchisi, agar u volontyorlik faoliyati bilan oyiga 20 soatdan koproq band bolsa, volontyor bilan volontyorlik shartnomasini tuzishi shart.Volontyorlik faoliyatining tashkilotchisi volontyorga maxsus kiyim-bosh beradi hamda volontyorlik aksiyasi otkazilayotgan joyga kelib ketishi uchun yol haqi, yashash, ovqatlanish va boshqa xarajatlarining ornini qoplaydi.Ushbu qonun rasmiy elon qilingan kundan etiboran kuchga kiradi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0