IIV Ozbekistonda Prezident buyrugi bilan olib tashlangan postlar faoliyati qayta tiklanganiga izoh berdi

Songgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda viloyatlarning chegara hududlarida qayta tiklanayotgan postlar haqida malumotlar tarqatilib, nima sababdan bunday ishlar amalga oshirilayotganligi togrisida savollar kopayib bormoqda.Jumladan, FargonaVodil, FargonaAvval yollarida 2018-yil boshida tugatilgan nazorat postlari qayta tiklangan. Bloger Sherali Soliyevning mushtariylari Quvasoy shahriga kirishdagi Pakana posti, Qochqorchiga kirishdagi post, QuvasoyArsif yonalishidagi Behizor postlari qayta tiklanganinimalum qilgan.Blogerning mushtariylari, shuningdek, Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Agrar universitet bilan Salor qorgoni oraligidagi post qayta tiklangani haqida hamyozgan. Bundan tashqari, Buxoro viloyatining Gijduvon tumanidagi Sarmijon va Eshonkoprik postlari faoliyati 2018-yil boshida toxtatilgach, kop otmay yana qayta tiklangani takidlangan.Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Shohrux Giyosovning Daryoga malum qilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-maydagi Ozbekiston Respublikasi yol xavfsizligini taminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qaroriga muvofiq respublika hududida mavjud bolgan 133 ta yol-patrul xizmati statsionar postlari va patrul-post xizmati postlaridan 74 tasining faoliyati tugatilib, bugungi kunda ulardan 59 tasi oz ishini davom ettirmoqda.Mavzuga doir: Fargonada Prezident buyrugi bilan olib tashlangan postlar faoliyati qayta tiklandiShu bilan bir qatorda, yuzaga kelgan tezkor va kriminogen vaziyatni inobatga olgan holda ornatilgan tartibda IIV rahbariyati bilan kelishgan holda Qoraqalpogiston Ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBlari va viloyatlar IIB boshliqlari tomonidan yol-patrul va patrul-post xizmati postlarini vaqtincha tashkil etish va tugatish tartibi mavjud.Ozbekistonda rejalashtirilayotgan nufuzli siyosiy va bayram tadbirlariga tayyorgarlik korish va otkazish jarayonida xavfsizlikni taminlashni samarali tashkil etish maqsadida ayrim hududlarda vaqtinchalik yol-patrul va patrul-post xizmati postlari tashkil etilmoqda.Fuqarolardan ushbu xavfsizlik nuqtayi nazaridan amalga oshirilayotgan muhim vazifalarni togri qabul qilishlarini hamda ijtimoiy tarmoqlarda turli nomaqbul fikrlarni tarqatmasliklarini sorab qolamiz, deydi IIV matbuot kotibi.Mavzuga doir:Shavkat Mirziyoyev: Viloyatlar chegarasidagi barcha yol-patrul postlarini tugatish lozimEslatib otamiz, viloyatlar chegaralaridaginazorat postlariPrezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga 2017-yilgi murojaatnomasidan songolib tashlangan edi. Prezident bunday postlarning eskicha joylashuvi harakatlanish erkinligini cheklab, savdo-iqtisodiy munosabatlar, ichki va tashqi turizm rivojiga salbiy tasir korsatayotganinitakidlagan edi.Ozingiz oylang, bugungi kunda mamlakatimiz hududida 60 dan ziyod bunday post mavjud. Endi tasavvur qiling, oddiy odam Xorazmdan Toshkentga mashinasida bormoqchi bolsa, yolda 17 ta postdan otadi. Fargona vodiysidan kelayotgan kishi esa 8 ta ana shunday postga duch keladi, degan edidavlat rahbari.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0