Malayziyadagi bank xodimasi bir yil avval ogirlangan kupyurani egasiga qaytardi

Malayziyadagi bank xodimasi Xiza Ezani 10 ringgit qiymatdagi noodatiy kupyuraga duch keldi, deb yozmoqda Meduza. Foto: Facebook / Hyza EzanyQayd etilishicha, banknotaga yozilgan gaplar uning etiborini tortgan. Unda Bu 2010-yil 21-may kuni ertalab 7:10 da otam bergan songgi pul. Men sizni yaxshi koraman, dada, deb yozilgan bolgan.Ezani qanday bolsa ham esdalik pulni haqiqiy egasiga qaytirishga qaror qilgan. Bank xodimasi kupyura suratini ijtimoiy tarmoqqa joylab, malumot egasiga tezroq yetishi uchun uni tarqatishni soragan.Uning joylagan posti foydalanuvchilar tomonidan 24 mingdan ortiq ulashilgan. Oradan bir hafta otgach, kupyuraning egasi ham topilib, u Enn Malar Yesudas ismli ayol ekanligi aniqlangan. Malum bolishicha, 2010-yilda u 17 yoshligida otasi 21-may kuni ertalab uni maktabga kuzatgan va kundalik xarajatlari uchun 10 Malayziya riggiti bergan. Bu Yesudasning otasini songgi bor korishi edi. Shu kuni u baxtsiz hodisaga uchrab, vafot etgan.Shundan buyon 2018-yilning sentabrida ogrilar tunab ketgunigacha Yesudas esdalik kupyurani hamyonida saqlagan. Uning aytishicha, ogirlangan hamyoniga sira achinmagan, faqat unga ahamiyatli bolgan esdalik kupyura uchun kuyungan.Yesudas osha 10 ringgit kupyuraning egasi qidirilayotgani yozilgan Ezanining postini korib xursand bolib ketgan. U bank xodimasi bilan boglanib, kupyurasini olib ketgan va Facebookda minnatdorchilik postini yozib qoldirgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0