Surxondaryoda 56 yoshli ayol chegarada bojxonachini urib, jarohatladi

Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi “Chumchuqlijar” chegara bojxona postida 56 yoshli tadbirkor ayol F.K. xizmatni o‘tab kelayotgan bojxona inspektori L.X.ga qarshilik ko‘rsatib, uni haqorat qilib, bosh qismi va yuziga qo‘llari bilan urib, tan jarohati yetkazgan.Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tumani prokuraturasi tomonidan F.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi (xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.Ushbu moddada belgilangan jinoyatni sodir etganlik uchun eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0