Bangladeshdagi genotsid, Hindiston va Pokiston ortasidagi urush va Bhuttoning rasmiy uzri. Uchinchi Hindiston va Pokiston urushi tarixi

Bundan roppa-rosa 38 yil oldin 1971-yilning 3-dekabr kuni Hindiston va Pokiston ortasidagi uchinchi va eng yirik urush boshlangan edi. Daryo kolumnisti Nurbek Alimov bu urush tafsilotlari, uning ahamiyati haqida hikoya qiladi.Urush boshlanishining sabablari1947-yilda Britaniya Hindistonining bolinishi natijasida tashkil etilgan Pokiston Islom Respublikasi garbiy va sharqiy qismdan iborat edi. Bu ikki qismni 1 600 kilometrdan koproq masofada joylashgan Hindiston hududi ajratib turar edi. Shuning uchun Pokiston va Hindiston ortasida dushmanlik munosabatlari rivojlana boshladi. Strategik jihatdan bunday bolinish Pokiston uchun foydali emas edi, chunki Hindiston bilan navbatdagi harbiy operatsiya amalga oshirilguday bolsa, ushbu omil bolinmalar ortasidagi aloqani va mamlakat sharqiy qismining xavfsizligini taminlashni qiyinlashtirardi. Bu ikki mamlakat bir-biri bilan 19471948 va 1965-yillarda jang qilgan, ikkala urush ham Kashmir nizosidan kelib chiqqan edi. Biroq yana bir mojaro uchinchi HindistonPokiston urushi Sharqiy Pokistondagi inqiroz va uning mustaqillikka intilishi bilan bogliq boldi. Foto: Google PhotosGarbiy va Sharqiy Pokiston madaniy jihatdan bir-biridan keskin farq qilar edi. Pokiston siyosiy elitasining aksariyat vakillari yetishib chiqqan poytaxt Karachi mamlakatning garbiy qismida joylashgan. Garbiy Pokiston har doim ham iqtisodiy, ham siyosiy jihatdan Sharqiy Pokistondan ustun bolgan, aholi soni boyicha undan orqada bolsa ham (1972-yildagi sorov natijalariga kora, Pokiston aholisi 64,9 million; 1974-yilda Sharqiy Pokiston (Bangladesh) aholisi 71,3 million).Sharqiy hududlarni rivojlantirish uchun kam mablag sarflanar edi. Til muammosi ham mavjud edi: 1952-yilda Dakkada urduni mamlakatning yagona rasmiy tili deb tan olish togrisidagi farmon bekor qilinishini talab qilgan namoyishlar bolib otdi (sharqdagi aholining kop qismi bengal tilida sozlashar edi, urdu esa garbdagi nisbatan oz sonli etnik guruhning ona tili edi). Asta-sekin mamlakatning sharqiy qismida yashovchilar ozini ikkinchi darajali fuqarolar kabi his qila boshladi. Foto: Google Photos1970-yilda Sharqiy Pokistonga songgi paytlardagi eng vayronkor tabiiy ofatlardan biri bolgan Bhola deb nomlangan tropik siklon bostirib keldi. Yarim milliongacha pokistonliklar uning qurboni boldi. Sharqiy mintaqa hokimiyati mamlakatning markaziy rahbariyatini korsatilayotgan yordam samarasizligida aybladi; prezident Yahyo Xon istefosini talab qilgan yirik namoyishlar bolib otdi.1970-yil dekabr oyida mamlakatda parlament saylovi bolib otdi. Unda shayx Mujibur Rahmon boshchiligidagi mamlakatning sharqiga muxtoriyat berish dasturi bilan chiqqan Avami lig (Ozodlik ligasi) partiyasi kopchilik ovozlarni qolga kiritdi. Mamlakat konstitutsiyasiga binoan u hukumat tuzish huquqiga ega edi. Ammo Pokiston garbidagi golib partiya rahbari Zulfiqor Ali Bhutto Rahmon bosh vazir lavozimiga tayinlanishiga qarshi chiqdi.Yahyo Xon ishtirokida otgan muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugadi. 1971-yil 7-martda Rahmon partiyasi bilan Sharqiy Pokiston mustaqilligi uchun kurashayotgani haqida nutq sozladi. Bunga javoban 25-mart kuni asosan garbdan kelgan muhojirlardan iborat Pokiston armiyasi mamlakatning sharqiy qismidagi shaharlarni nazorat qilish uchun Projektor operatsiyasini boshladi. Avami lig taqiqlandi, Mujibur Rahmon hibsga olindi. 27-mart kuni mamlakat qurolli kuchlari mayori Zaur Rahmon radio orqali Mujibur tomonidan Bangladesh davlati tashkil etilishini elon qilgan mustaqillik deklaratsiyasining matnini oqidi. Mamlakatda fuqarolar urushi boshlanib ketdi.Harbiy harakatlar1971-yil 3-dekabr kuni tushdan keyin Pokiston havo kuchlari tosatdan Hindiston aviabazalarini bombardimon qildi. Chingizxon deb nomlangan operatsiya 1967-yildagi Olti kunlik urushning birinchi kunida arab havo kuchlarini deyarli ishdan chiqargan Isroilning muvaffaqiyatli havo hujumi tasiri ostida rejalashtirilgan edi. Biroq Pokiston Isroilning muvaffaqiyatini takrorlay olmadi: reydlar natijasida yetkazilgan zarar juda kam edi. Foto: Google PhotosYarim tundan keyin Indira Gandi radio orqali xalqqa murojat etib, urush boshlanganini elon qildi. Deyarli bir vaqtda Hindiston aviatsiyasi Pokistondagi havo bazalariga qarshi javob zarbalarini berishni boshladi. 4-dekabr kuni Hindistonda favqulodda holat elon qilindi, safarbarlik boshlandi.Bangladeshdagi Pokiston harbiy kuchlari umidsiz holatda edi. Bu yerda joylashtirilgan uchta bolinma partizanlarga qarshi harbiy operatsiyalar otkazish uchun tarqatib yuborildi. Havo qoshinlaridan deyarli yordam yoq edi. Ular uchta hind korpusini toxtata olmadi.Bu vaziyatdan xabardor bolgan Pokiston qomondonligi Hindistonga qarshi ikki frontda urush olib borishga harakat qildi va garbdan hujumga otdi. Ammo garbiy frontda ustunlik hind armiyasi tomonida edi. 56-dekabr kunlari bolib otgan Longeval jangida Panjob polkining 23-batalyonidagi bittagina rota Pokistonning kuchaytirilgan 51-piyoda brigadasi oldinga siljishiga yol qoymadi. Jangda Longeval atrofida koplab dushman harbiy texnikasini yoq qilgan Hind qiruvchi-bombardimon samolyotlari muhim rol oynadi. Umuman olganda, Hindiston armiyasi nafaqat Pokiston hujumlarini qaytardi, balki urushning dastlabki bosqichida bazi chegara hududlarini egallab olib, hujumga ham otdi.Avvaliga Pokiston armiyasi minimal qarshilikka duch keldi. Bahor oxirida u Bangladeshning barcha shaharlarini egallab oldi va siyosiy muxolifatni yoq qildi. Qishloq joylarda partizanlik harakati avj oldi. UUning ishtirokchilari mukti-bahini nomi ostida tanilgan edi. Armiya qochoqlari va mahalliy aholi hisobiga ularning saflari tez tolib bordi. Foto: Google PhotosArmiya bangladeshliklarga qarshi shafqatsiz qatagon boshladi; hozirgi hisob-kitoblarga kora, 1971-yil oxiriga kelib 200 mingdan 3 milliongacha odam halok boldi. Kamida 8 million qochqin Hindistonga ketdi.Hindiston bosh vaziri Indira Gandi Bangladeshda mustaqillik elon qilingandan song darhol yangi davlatni qollab-quvvatladi. Hindiston ozining azaliy dushmani bolgan Pokistonni zaiflashtirishdan manfaatdor edi. Qochqinlar soni tobora kopayib borar ekan, Hindiston rahbariyati Bangladeshda zoravonlik toxtashidan amaliy manfaatdor edi, chunki bunday miqdordagi odamni saqlash mamlakat budjeti uchun juda qimmatga tushar, ijtimoiy muammolar kuchayib ketar edi.Xalqaro etiborni qochqinlar muammosi va Pokiston armiyasining shafqatsiz harakatlariga jalb qilish uchun kampaniya boshlandi. Bundan tashqari, Hindiston mukti-bahiniga harbiy yordam korsatishni boshladi; bu ularning jangovar omilkorligiga tasir qildi. 1971-yil yozida partizanlar harakatini kuchaytirdi. Ular mamlakatni 11 ta harbiy zonaga ajratdi. Ularning har biridagi mukti-bahini kuchlarini Pokiston armiyasining sobiq zobitlari boshqarardi. Partizanlarning kichik havo kuchlari va daryo floti ham bor edi.Hukumat armiyasi chakalakzor va daryolar bilan qoplangan hududda partizanlarga qarshi urush olib borishga tayyor emas edi. Hindistondagi bazaviy lagerlarda joylashgan mukti-bahini azolari Bangladeshda muvaffaqiyatli operatsiyalar amalga oshirar va chegara oqali chekinar edi.Pokiston rahbariyati partizanlar harakatini ular Hindistondan yordam olishni toxtatmaguncha bostirib bolmaydi, degan mantiqiy xulosaga keldi. Bu orada Hindiston qoshinlari chegaraga yaqinlashib, ikki mamlakat ortasidagi ziddiyatlar kuchayib borayotgan edi. 21-noyabr kuni Hindiston va Pokistonning muntazam qoshinlari ishtirokida quruqlikda va havoda jiddiy toqnashuvlar sodir boldi. Foto: Google PhotosSharqiy frontda Hind kuchlari mukti-bahini bolinmalari bilan birgalikda tezda dushmanning asosiy mudofaa qismlarini yorib otdi. Bu yerdagi hal qiluvchi omil qiyin hududda yuqori harakatchanlik edi. Bunda SSSR tomonidan ishlab chiqarilgan PT-76 amfibiya tanklari va Mi-4 transport vertolyotlari yaxshi xizmat qildi. Urushning ikkinchi haftasi oxirida Dakkaga hind armiyasi yetib keldi. Endi qarshilik korsatishning hech qanday ahamiyati yoqligini tushunib, 16-dekabr kuni Bangladeshdagi Pokiston kuchlari qomondoni general Niyoziy guruhi taslim bolishi togrisidagi aktga imzo chekdi. 17-dekabr kuni Hindiston sulh elon qildi. Shu bilan urush tugadi.NatijaHindistonning harbiy aralashuvi natijasida Bangladesh mustaqillikka erishdi. 16-dekabr Bangladeshda Galaba kuni sifatida nishonlanadi.Harbiy harakatlar tugashi bilan Pokiston prezidenti Yahyo Xon istefoga chiqdi; uning ornini Zulfiqor Bhutto egalladi. U uch yildan song sobiq Sharqiy Pokiston xalqidan ularga qarshi qilingan jinoyatlar uchun rasmiy ravishda uzr soradi.Bhuttoning yutuqlaridan biri shundaki, u Bangladeshning yangi hukumati sud qilishni talab qilgan barcha pokistonlik harbiy asirlarni sudsiz ozod qilinishiga erishdi. Uch mamlakat ortasidagi munosabatlar 1972-yilda Simla shartnomasi imzolangandan keyin yaxshilandi.1971-yil 3-dekabrda boshlangan ushbu urush HindistonPokiston mojarolari ichidadagi eng katta urush edi.Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0