Tadbirkorlarga soliqlarni tolashni kechiktirish yoki bolib tolash imkoni berilmoqda

Ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qomitalari, siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi yuzasidan muhokamalar qizgin pallaga kirdi, deb xabar beradi Parlament matbuot xizmati. Foto: Soliq qomitasi matbuot xizmatiParlament quyi palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qomitasi hamda Davlat budjeti boshqarmasi oldiga hukumat bilan birgalikda loyihani ikkinchi oqishga tayyorlash jarayonida deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohaza, takliflar asosida mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida har taraflama muhokama qilib, maromiga yetkazish vazifasi qoyilgan edi.Mazkur topshiriq doirasida ishchi guruh tomonidan kodeks loyihasi har tomonlama organilishi natijasida amaldagi soliq kodeksida soliqlarni tolashni kechiktirish yoki bolib-bolib tolash imkoniyati boyicha vakolat faqatgina alohida komissiyaga berilgan edi. Bu esa, oz navbatida, soliqlarni tolashni kechiktirish huquqini olish uchun soliq tolovchilarga ovoragarchilik va noqulayliklar keltirib, ortiqcha qogozbozlik talab qilar edi. Shu sababli keyingi uch yil ichida soliqlarni kechiktirish huquqidan hech qaysi tadbirkorlik subyekti foydalanmagan.Shunga kora, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasida tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida pulli yoki bepul asosda kollegial organlar (komissiyalar) ishtirokisiz soliqlarni tolashni kechiktirish yoki bolib-bolib tolash imkoniyatini taqdim etishning yangi shaffof mexanizmi joriy etilmoqda.Bunda soliqlarni bir vaqtning ozida tolash natijasida iqtisodiy nochorlik (bankrotlik) alomatlari yuzaga kelishi xavfi bolgan, tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish mavsumiy bolgan hollarda soliqlarni tolashni kechiktirish, bolib-bolib tolash imkoniyati, qarzdorlik summasiga Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida foiz hisoblangan holda taqdim etiladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0