Toshkentda 25 kunlik chaqalogidan ayrilgan ona shifoxona ustidan shikoyat qildi. Vazirlik holat yuzasidan tekshiruv boshladi

Ozbekiston sogliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va vazirlik jamoasi farzandini yoqotgan va Facebook orqali vazirga murojaat yollagan toshkentlik ayol Yelena Sarevskayaga hamdardlik bildirdi. Foto: Google ImagesBunday fojiali hodisa zudlik bilan xizmat tekshiruvini talab qilganligi sababli, vazirning buyrugi bilan 2-dekabrda ishchi guruh tashkil etilib, fuqaro Ye.Saryevskaya tomonidan qayd etilgan tibbiy muassasani rasmiy tekshirishga kirishdi.Ushbu tekshiruv bolim boshligining shaxsiy nazorati ostida amalga oshiriladi. Sogliqni saqlash vazirligi aybdorlarni aniqlash va qatiy jazoga tortilishini taminlaydi, deyiladi vazirlik xabarida.Yelena Saryevskaya oz murojaatida 25 kunlik chaqalogini yoqotganini aytadi. Bolaning olimining sababi uning opkasi oxirigacha ochilmagani. Tugruqxonadan chiqayotganimizda esa qayd varagida bolaning soglom ekanligi korsatilgan, deydi ona.Ayol vazirdan bolalar jonlantirish bolimlarida elementar dori-darmonlar, kislorod niqoblari, yana kop narsalarning yetishmasligidan xabari bor yoqligini soragan.Farzandimni issiq suv bilan toldirilgan baklajkalar bilan isitishdi. Bu nimasi? Biz orta asrlarda yashayapmizmi?, deydi Yelena.Farzandimni endi qaytarib bolmaydi. Biroq bunday yordamga muhtoj bolalar juda kop. Biz butun respublika aholisi kasal bolalarning yo operatsiyasiga yo dorisiga pul yigamiz. Boshqa normal mamlakatlarda bunday holat kuzatiladimi?, deya sozlarini davom ettiradi Yelena.Fuqaro murojaatida shuningdek tibbiyot muassasalaridagi korrupsiya, asbob-uskuna va dori-darmonlar yetishmasligi, bemorlar operatsiya uchun xorijiy mamlakatlarga borishga majbur bolayotgani va tizimdagi boshqa muammolar haqida soz boradi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0