Trampning saylovoldi shtabi Bloomberg agentligini akkreditatsiyadan mahrum etdi. Agentlik asoschisi AQSh prezidentligiga nomzodini qoygan

Trampning saylovoldi shtabi Bloomberg agentligini akkreditatsiyadan mahrum etdi, deb xabar bermoqda Axiosga shtab rahbari Bred Parskalning bayonotiga tayanib. Foto: The Washington PostMeduzaning yozishicha, u shtabning bunday xatti-harakatini Bloomberg asoschisi Maykl Blumbergning savlovoldi poygasiga qoshilgani va agentlik Blumbergning ozi va demokratlar partiyasidan prezidentlikka nomzod bolgan boshqa shaxslarga nisbatan jurnalistik surishtiruvi otkazmaslik qarori bilan izohlagan.Bloomberg ozlarining rahbari yoki aksariyati yuqori lavozimlarini egallagan demokrat-raqobatchilari xatti-harakatlarini organmasligini, ammo Donald Tramp haqida tanqidiy maqolalar yozishda davom etishini malum qilgan, deydi Parskal. Shuningdek, bunday amaliyotni xavotirli va notogri deb hisoblashini takidlagan.Bloomberg bosh muharriri Jon Mikltueyt bunday noxolislik ayblovini rad etgan. Biz Donald Tramp haqida u 2015-yilda (birinchi muddatga) nomzod sifatida korsatilganidan buyon haqqoniy va xolis yozib kelmoqdamiz va saylovoldi shtab tomonidan qoyilgan cheklovlarga qaramay buni davom ettiramiz, degan u.Milliarder Maykl Blumberg noyabr oyida Demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod sifatida korsatilgan. U prezidentlik poygasiga Donald Trampni yutish uchun emas, Amerikani jonlantirish uchun kirishganini aytgan.Malumot uchun, shtatlarda demokratlardan nomzod korsatish 2020-yilning fevralidan boshlanadi. Nomzod uzil-kesil aniqlanadigan partiya syezdi esa iyul oyida bolib otadi.Avvalroq Bloomberg asoschisi Trampga qarshi harakatga 500 million dollar sarflamoqchi ekanligi, agar prezidentlik saylovlarida ishtirok etmasa, saylovdan avval boshqa bir demokratni qollab-quvvatlash uchun misli korilmagan axborot kampaniyasini ishga tushirishini aytgandi.Dunyoning eng badavlat insonlaridan biri Uorren Baffet Maykl Blumberg AQSh prezidentligiga nomzodini qoysa, uni qollab-quvvatlashini bildirgan. Blumbergning ozi esa Donald Trampdan golib bolishiga ishonadi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0