3-dekabr tarixda birinchi yurak kochirish operatsiyasi bajarilgan sana. Bu yuragi xasta minglab odamlarga umid bagishlagan edi

Bundan 52 yil muqaddam aynan shu sanada Janubiy Afrika Respublikasida insoniyat tarixida ilk bora muvaffaqiyatli yurak kochirish operatsiyasi bajarilgan edi. Bu haqda Daryo kolumnisti Muzaffar Qosimov hikoya qiladi. Kristian Barnard.Foto: Wikipedia52 yil oldin uch marta infarktni boshdan otkazgan 55 yoshli bemor Luis Vashkanskiy kardiojarroh Kristian Barnard tomonidan oz tanasida yurak kochirish operatsiyasi bajarilishiga rozilik berdi. Chunki uchinchi ogir infarktdan keyin shundoq ham uning atigi bir necha kunlik umri qolgani tayin edi. Unga yaqindagina avtomobil halokatida fojiali vafot etgan 25 yoshli qiz Deniza Darvalning yuragi kochirib otkazildi. Bemor operatsiyadan keyin yana 18 kun yashadi va boshqa sabab ikki yoqlama pnevmoniya sababli vafot etdi. Kardiojarrohning ikkinchi mijozi kochirib otkazilgan yurak bilan bir yarim yil yashagan bolsa, uchinchisi yigirma yildan ziyod yashab, keyin vafot etdi.Albatta, yurak kochirish operatsiyasi ham tashkiliy, ham fiziologik jihatdan ancha murakkab kechgan va bunday bolishi kutilgan edi. Vrachlar Vashkanskiyga mos donor topish uchun JAR hukumati qoygan turli byurokratik va ijtimoiy tosiqlarni yengib otishlariga togri keldi.Osha yillari bu mamlakatda oq tanlilar va qora tanli aholi ortasida kuchli irqiy murosasizlik mavjud edi. JARdagi siyosiy tuzum oq tanlilar uchun qora tanlilarning organlarini kochirib otkazishni taqiqlagan, vrach Barnard bu muammo bilan avval ham toqnash kelgan, yani qora tanli fuqaroning buyragini oq tanliga kochirib otkazgani uchun juda qattiq taqib ostida qolgan edi. Uni qora tanlilar ustida tajriba olib borganlikda ayblashgandi. Shunga kora, Vashkanskiyga mos donor topishning ozi amri mahol edi. Chunki bu davrda JARda oq tanli aholi atigi 20 foiz bolgan bolsa, undan ham katta muammo shu kam sonli odamlar ichidan bemor bilan qon guruhi mos keladigan donor topish edi. Birov uchragan kutilmagan baxtsiz hodisa Vashkanskiy uchun kutilgan baxtni taqdim etdi. Bank xodimasi bolib ishlagan 25 yoshli ayol Deniza Darval yuragi barcha korsatkichlar boyicha Vashkanskiyga mos bolib chiqdi. Luis Vashkansiy va Deniza Darval.Foto: WikipediaHammasi endi marhumaning yaqinlarining roziligiga bogliq bolib qolgan edi. Shunda Denizaning otasi ozi uchun juda qiyin, ammo butun insoniyat uchun muhim qarorni qabul qildi. U Qizimni qutqara olmadik, hech bolmasa shu erkakni qutqarishga urinib koraylik... dedi.Barcha tayyorgarlikdan song 1967-yilning 3-dekabrida Groot-Shur kasalxonasida kardiojarroh Barnard bemorining kokrak qafasini yorish orqali operatsiyani boshladi. Shunda u kutilmagan va avval etiborga olinmagan muammoga yoliqdi: marhumaning yuragi hajman kichik, bemorning kokrak qafasi kengroq ekan. Shunga qaramay, u operatsiyani bir amallab nihoyasiga yetkazdi.Amaliyot 5 soatdan sal koproq davom etdi. Bu tarixiy operatsiya natijasini juda kopchilik yurak hovuchlab kutar edi. Barnard jarrohlik xonasidan yorug yuz bilan chiqqach, butun dunyo boylab minglab yuragi xasta odamlarga umid bagishlagan amaliyot muvaffaqiyatli otgani elon qilindi.Ushbu tarixiy operatsiya kop jihatdan katta sinov operatsiyasi edi. Bungacha jarrohlar it va maymun yuragini kochirib otkazish amaliyotini bajargan; odam tanasida tajriba qilib korish juda katta xatar va masuliyat talab qilgani uchun uncha-muncha vrach bunga jurat qilmagan. Foto: WikipediaBarnard Vashkanskiydan keyin Filipp Blayberg ismli bemorga ham yurak kochirdi. Yuqorida aytilganidek, u bir yarim yil yashadi. Dirk van Zil ismli bemor esa 1971-yilda yurak kochirish amaliyotini boshdan otkazdi. U hisob boyicha uchinchi edi. Dirk van Zil yana 24 yil umrguzaronlik qildi.Umuman olganda, 1968-yildayoq dunyo boylab yuzga yaqin yurak kochirilishi bajarilgan edi. Hozirda butun dunyo boylab yetakchi klinikalarda har yili minglab yurak transplantatsiyasi amaliyoti bajarib kelinmoqda. Xususan, birgina AQShning ozida 3 191 marta yurak kochirilishi bajarilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0