Ozbekistonda 10 oy ichida sodir bolgan yonginlarda 88 kishi halok boldi

Joriy yilning otgan davri mobaynida yongin xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan otkazilgan profilaktik ishlar natijasida 15 586 ta bino va inshootda yongin kelib chiqish xavfining oldi olindi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yongin xavfsizligi institutida bolib otgan anjumanda malum qilinishicha, yuz bergan yonginlarni ochirish vaqtida korilgan tezkor harakatlar tufayli 35 kishi qutqarilib, 1 271 bosh uy hayvoni, 123 turdagi texnika, 289 milliard somdan ziyod inshoot qurilmalari va 95 milliard somdan ortiq moddiy boyliklar saqlab qolindi.Tadbirda takidlanishicha, olib borilayotgan ishlarga qaramasdan, 2019-yilning 10 oyi davomida Ozbekiston hududida jami 9 384 ta yongin qayd etilib, ushbu hodisalarda 88 kishi halok bolgan va 240 kishi tan jarohati olgan.Joriy yilgi yonginlar soni 2018-yilning mos davriga nisbatan 345 taga, odamlarning halok bolishi 10 taga va tan jarohati olishi 56 taga kamaygan.Tahlillarga kora, yonginlarning 38,9 foizi ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, 30,1 foizi elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi, 11,1 foizi isitish pechlarining nosozligi yoki ularni notogri ishlatish, 9,9 foizi bolalarning shoxligi sabab sodir bolgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0