Buxoroda 6 yoshli bola shifoxonada vafot etdi, uning singlisi esa komada. Sabab sifatida is gazi korsatilmoqda, ota-ona bunga ishonmayapti

25-noyabr kuni soat 18:55 da Kogon shahrida yashovchi fuqaro Azamat Yodgorov ikki nafar farzandini Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (RShTYoIM) Buxoro filialiga keltirgan. U farzandlarida tana haroratining kotarilishi, kongil aynishi, qusish, holsizlik, uyquchanlik holatlari yuzaga kelayotganidan shikoyat qilgan.Bolalarning ahvoli ota ogirligi inobatga olinib, Otkir respirator infeksiya. Ogir kechuvi. Gipertermik sindrom tashxisi bilan ular bolalar reanimatsiyasi bolimiga yotqizilgan. Bolim boshligi Bahriddin Mamedovning Daryoga malum qilishicha, olib borilgan davo choralariga qaramay, 2013-yilda tugilgan Amir Yodgorovda 29-noyabr kuni soat 13:00 da biologik olim qayd etilgan.Qayd etish joiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Vafot etgan bolaning onasi murojaati tarqalgan edi. Unda, jumladan, ota-ona farzandlarini shifoxonaga olib kelganida ularning faqat tomogi ogrib, isitmasi bolgani, yarim tunda esa ular komaga tushib qolgani, oila boshligi Toshkentdan shifokorlarni oz hisobidan chaqirtirgani takidlangan.29-noyabr kuni oglim oldi. Uning olimidan song uyimizga hamma Kogon hokimi, prokuratura, sanepidemnazorat xodimlari keldi. Bizga oglimizning olimiga is gazidan zaharlanish sabab bolgani haqida xulosa berishdi. Bu girt yolgon! Shahar gaz idorasi xodimlari kelib, uyda hech qanday gaz sizishi bolmagani haqida dalolatnoma tuzib ketgan. Biz hali ham aslida nima bolganini va tashxis qandayligini bilmaymiz. Atrof tola uquvsiz shifokorlar... Qizimizni qutqarib qolishga yordam bering! Biz viloyat hokimi Oktam Barnoyevning ushbu muammoga shaxsan aralashishini istaymiz, deyiladi murojaatda.Bemor bolalarning otasi Azamat Yodgorovning shifokorga aytishicha, farzandlaridagi holat 22-noyabr kuni boshlangan bolib, shamollash, tana haroratining kotarilishi, yotal va burun bitishi kabi belgilar bergan. Ammo ota-ona shifokorga murojaat qilmay, farzandlarini dastlab uy sharoitida davolagan. Davolashning foydasi bolmagach, RShTYoIM Buxoro filialiga olib kelgan. Koma holatidagi uch yoshli Aliya.Foto: Daryo Shu kuni bolalarning otasi 2016-yil tugilgan qizi Aliyani ogir ahvolda, es-hushi karaxt, holsiz, intoksikatsiya belgilari yuqori darajada olib keldi. Qol-oyogida tonus kuchaygan, hansirab nafas olardi. Yurak tonlari bogiq, yurak urishi tezlashgan, koma holatida edi. Ogli ham oz oyogi bilan hush-behush yurib kelgan bolsa-da, bemorlik holatlari bir xil edi. Ikkisiga ham sanitar aviatsiya yonalishi bilan RSHTYoIMdan toksikolog, transfuziolog va reanimatolog, dotsent Gulya Hamroyeva, RShTYOIM Buxoro filiali direktori, bosh shifokor va bolim boshliqlaritomonidan konsilium otkazildi va tavsiyalar berildi. Amirga plazmoferez otkazildi, dedi bolalar reanimatsiya bolimi boshligi Bahriddin Mamedov.Mamedovning takidlashicha, bemor bolalarni uch kun davomida uy sharoitida, shifokor maslahatisiz davolashgan. Sinepar sirop, Paratsetamol shamcha, yagurta ichimligi, Reoksolin vositalari orqali ularning haroratini 35,5 darajaga tushirishgan. Kop otmay, bolalar harorati yana 3839 darajaga kotarilgan. Shunday ogir holatda ham tanish hamshirani olib kelib, uy sharoitida seftiraksion dori vositasini qollashgan. Ertalab bolalarini qaynonasiga topshirib, ota ishga jonagan. Bolalar televizor korib, kompyuter oynashgan bolishsa-da, hol-behol bolishgan. Otasining aytishicha, betob nevaralariga qarab turgan buvi ularga uy sharoitida tayyorlangan baqlajon ikrasi hamda blinchik pishirib bergan. Bundan tashqari, osha kunlarda havo harorati pasaygani sababli xonadonda uyni isitish uchun tabiiy gaz plitasidan foydalanilgan. Bolalarda qusish kuchayib, isitma yana ham kotarilgan. Ota ishdan qaytgachgina, bolalarini kasalxonaga olib kelgan, deya sozida davom etdi shifokor. Bahriddin Majidov.Foto: DaryoBolalar zudlik bilan muolajalar stoliga yotqizilgan. Har uch soatda ularda isitma, qusish, talvasa holati yuzaga kela boshlagan. Oshqozonlari yuvilib, qon va peshob analizlari Buxoro viloyat sud-tibbiyot ekspertizasiga jonatilgan.Konsilium natijalari asosida bolalarga Is gazidan otkir zaharlanishning ogir darajasi. Gipoksik bosh miya shishi. Miya komasi 2-darajasi. Otkir nafas yetishmovchiligi 3-darajasi. Otkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi 3-darajasi. Talvasa sindromi tashxislari qoyilgan. Har ikki bemor ham koma holatida IVL apparatida vazopressor dori vositalari fonida davolangan. Davolashda qon komponentlari qoyilgan, oksigenoterapiya, intoksikatsiyaga qarshi va reanimatsion chora-tadbirlar qollanilgan. Bolalar hayotini saqlab qolish uchun bor imkoniyatdan foydalandik. Nafaqat viloyat, balki sanitar aviatsiya yonalishi orqali juda tezkor ravishda Buxoroga yetib kelgan respublika darajasidagi eng tajribali shifokorlar ham jalb etildi. Afsuski, 6 yashar bola hayotini saqlab qolish imkoni bolmadi. Ayni paytda 3 yoshli bemor ham ogir, koma holatida. U IVL apparatida vazopressor dori vositalari fonida davolanmoqda, dedi RShTYoIM Buxoro filiali direktori Majid Kenjayev.Bolalarning otasi Azamat Yodgorov hamda amakisi Damir Jorayev Daryo muxbiri bilan suhbatda shifokorlar ularning hayotini saqlab qolish uchun bor imkoniyatlarni qollashganiga qaramay, ogli vafot etganini achchiq hasrat bilan takidladi. Malakali shifokorlar qizim atrofida. Allohdan shifo soraymiz. Ammo bolalarim gazdan zaharlanmagan. Ular virusga chalingan. Ekspertiza xulosasini kutayapmiz, deydi Azamat Yodgorov.Malumotga kora, bolalarning onasi Dilyara Yodgorova 8 oylik homilasi bilan Buxoro viloyat perenatal markazida davolanmoqda. Sud-tibbiy ekspertizaga yuborilgan qon tahlilida 11,7 foiz karboksigemoglobin miqdori aniqlangan. Aytishim joizki, bizning vazifamiz bemorga qarash, uni komadan chiqarish, qanday korinishdagi kasallik bolishidan qatiy nazar, muolajalarda davom etib, ularning sogligini taminlash, deydi Bahriddin Mamedov.Bolalar RShTYoIM Buxoro filialiga yotqizilgan kun viloyat rahbari Oktam Barnoyev bolalar reanimatsiyasi bolimiga kelgan va bolalar holidan xabar olgan. Buxoro viloyati hokimi Oktam Barnoyev (ongdan ikkinchi).Foto: Daryo

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0