Fargonada 1,1 mln dona pirotexnika vositasini yashirincha olib kirish holati aniqlandi

Fargona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bolimi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati vakillari bilan hamkorlikda pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir otkazdi. Bu haqda Davlat bojxona qomitasi axborot xizmatixabar bermoqda. Foto: Davlat bojxona qomitasi axborot xizmatiTezkor tadbir davomida fuqaro A.T. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashina Margilon shahri hududida toxtatilib, xolislar ishtirokida kozdan kechirildi.Natijada avtomashina yukxonasi va salonida umumiy qiymati 55,8 million somlik 558 000 dona pirotexnika vositasi borligi aniqlandi.Hamkorlikda otkazilgan tezkor tadbir davomida Fargona tumanida yashovchi fuqaro N.Sh.ning xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida kozdan kechirildi.Tekshiruv jarayonida ushbu xonadonda noqonuniy tarzda umumiy qiymati 69,6 million somlik 571 254 dona pirotexnika vositasi saqlanilayotgani aniqlandi.Otkazilgan tezkor tadbirlar davomida 1 129 254 dona pirotexnika vositasini respublika hududiga yashirincha olib kirishga bolgan urinishning oldi olindi.Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0