“Yuventus” himoyachisi 2019-yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi bo‘ldi
France Football nashri tomonidan 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarga topshiriladigan “Kopa” sovrini egasi ma’lum bo‘ldi. Foto: France FootballUshbu sovringa o‘tgan mavsumni “Ayaks”da o‘tkazgan va yozda “Yuventus”ga yo‘l olgan Matteys de Ligt loyiq ko‘rildi.Bu ro‘yxatda “Borussiya D” yarim himoyachisi Jeydon Sancho ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Atletiko” hujumchisi Joau Feliks kuchli uchlikni yakunladi.Shuningdek, kuchli o‘nlikdan Mateo Genduzi, Kay Xaverts, Moyze Kin, Li Kan In, Vinisius Junior va Andrey Lunin kabi futbolchilar ham o‘rin oldi.Ma’lumot uchun, ushbu sovrin o‘tgan yili PSJ hujumchisi Kilian Mbappega nasib etgandi. Ushbu sovrin 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchiga topshiriladi.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz
Manba: Daryo.uz