Turkmanistondan kelgan elektr enegiyasi sababli Samarqanddagi bazi tumanlarda elektr energiyasi vaqtincha ochiriladi

Joriy yilning 1-dekabrdan boshlab Ozbekistonga Turkmanenergo davlat elektr energetika kompaniyasi tomonidan yetkazib berilgan elektr energiyasini mahalliy podstansiyalar kotara olmayapti. Foto: Gazeta.uzDaryo muxbiri Farhod Norbotayevning malum qilishicha, Turkmanistondan uzatilayotgan 512-elektr tarmogi yuqori kuchlanish bilan ishlaganligi sababli mazkur tarmoq kontaktida qizish yuzaga kelgan.Samarqand viloyat elektr tarmoqlari korxonasi 512-elektr liniyasidagi qizishlarni bartaraf etish maqsadida Turkmanistondan kiruvchi liniyadan boshlab tamirlash ishlari olib boriladi. Shu sababli 3-dekabr kuni soat tungi 00:00 dan 04:00 gacha Samarqand viloyatining ayrim tumanlarida elektr taminotida uzilishlar boladi.Xususan, viloyatning Samarqand, Oqdaryo, Pastdargom, Urgut, Payariq, Chelak va Tayloq tumanlarining ayrim hududlarida elektr tokida qisman uzilishlar boladi. Elektr taminotidagi uzilish 4 soat davom etadi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0