Tuzatish: Maksim Oreshkin Ozbekiston 2020-yilda YeOIIga qoshilishi haqida gapirmagani malum boldi (video)

Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin 30-noyabr, shanba kuni Rossiya Oliy iqtisodiyot maktabi (VShE) talabalari bilan bolgan uchrashuvda Ozbekiston 2020-yilda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoshilishini malum qilgani haqida iqtisodchi Behzod Hoshimovga tayanib xabar berilgan edi.Biroq shu xabardan song paydo bolgan uchrashuvning videosidan malum bolshicha, uchrashuv chogida Maksim Oreshkin Ozbekistonning 2020-yilda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoshilishi haqida gapirmagan.Quyida ayni shu savol muhokama qilingan vaqtda rossiyalik vazir tomonidan bildirilgan fikrlarni keltirib otamiz:Talaba: Sizga Ozbekiston va Rossiya hukumatlararo qoshma komissiyasining raisi sifatida savolim bor. 2020-yilda Ozbekistonda bolib otadigan MDH sammitida Ozbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoshiladi. Ozbekiston hukumati bir qancha imtiyozlarni soragan, chunki Ozbekiston kompaniyalari Rossiya va Qozogiston kompaniyalari bilan raqobat qila olmaydi. Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi tomonidan mazkur imtiyozlar taqdim etiladimi?Maksim Oreshkin: (hazillashib): Siz Ozbekiston hukumatiga ishlaysizmi?Talaba: Yoq, ishlamayman, biroq u yerda (Ozbekistonda) xususiy kompaniyalar uchun yuqori tranzaksiya xarajatlari mavjud va Moliya vazirligi ularning faoliyatini cheklab qoygan.Maksim Oreshkin: Biz ozbekistonlik hamkasblarimiz bilan (bu masalani) kop muhokama qildik. Ozbekiston hozirgi paytda amalga oshirilayotgan islohotlar darajasi boyicha yetakchi iqtisodiyot.Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelganda muammolar juda kop edi. Hozir ular yechilmoqda, bu oson emas, ulardan kopchiligi saqlanib turibdi. Biroq men Ozbekistonning mazkur iqtisodiyotiga 20 yildan keyin Sobiq ittifoq hududida Rossiyadan keyin ikkinchi boladigan iqtisodiyot sifatida qarayman. Ancha tez osayotgan 35 million aholi, iqtisodiyot faol rivojlanmoqda.Ozbekistonda bolmaganlarga Toshkentga borishni, Toshkentdan Samarqand, Buxoroga qatnaydigan zamonaviy poyezdni korishni tavsiya qilaman. Bahorgi tatil vaqtida Ozbekistonga borishni va tomosha qilishni tavsiya qilaman.Biz hamkorlarimiz bilan birgalikda rivojlanishga imkon beradigan barcha yollarni topamiz.Mazkur suhbatdan malum boladiki, Ozbekistonning 2020-yilda YeOIIga qoshilishi haqidagi sozlar Maksim Oreshkin tomonidan emas, balki unga savol bergan talaba tomonidan aytilgan.Daryo mazkur masala yuzasidan noaniq axborot berilgani uchun oz oquvchilaridan uzr soraydi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0