Hindiston bilan hamkorlikda Toshkentda texnologik xab tashkil etiladi

Ozbekiston innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya 29-noyabr, juma kuni Hindistonning Gujarat shtatidagi iCreate (International centre for entrepreneurship and technology) markazi hamda startaplarni rivojlantirish bilan shugullanuvchi DevX kompaniyalariga tashrif buyurdi. Bu haqda vazirlik tomonidan Daryoga malum qilindi. Foto: Ozbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligiInnovatsiyalar boyicha Hindistonning eng yetakchi hududi bolgan Gujarat shtatining eng yirik shahri Ahmadobod atrofida qad rostlagan iCreate tadbirkorlik va texnologiyalar xalqaro markazida tadbirkorlik, tadqiqotchilik, innovatsiyalar, axborot texnologiyalari, muhandislik va boshqa sohalarning yetakchi mutaxassislari faoliyat yuritadi. DevX kompaniyasi esa texnik ekspertiza va korporativ aloqalarni ornatishda 20 yillik tajribaga ega bolgan yirik innovatsion tuzilma bolib, korporatsiyalarga turli murakkablikdagi biznes masalalarni hal etishda komak beradi.Tashrif doirasida Ozbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgor texnologiyalar markazi hamda Hindistonning iCreate markazi, shuningdek, DevX kompaniyasi ozaro Anglashuv memorandumlarini imzoladi. Memorandumni imzolash marosimida Ozbekiston innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Hindistonning Gujarat shtati talim vaziri Shri Bupendrasinx Chudasama ishtirok etdi. Foto: Ozbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligiKelishuvlarga kora, tomonlar tadqiqotlar va innovatsiyalar sohasida ikki mamlakat startaplari ortasidagi ikki taraflama hamkorlikni mustahkamlash boyicha qator ishlarni amalga oshiradi. Hamkorlik doirasida Ozbekistonda tashkil etilgan startap kompaniyalari Hindistonga oz texnologiyalarini transfer qilish imkoniyatiga ega boladi. Shuningdek, hind texnologik startaplari, kichik va orta biznes vakillari Ozbekistonga tashrif buyurib, innovatsiyalar rivoji uchun Ozbekistondagi mavjud sharoitlar bilan tanishadi. Foto: Ozbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligiInnovatsiyalar va startap ekotizimini rivojlantirish sohasidagi ilgor tajribalar bilan almashish, inson kapitalini takomillashtirish hamkorlikning bosh maqsadi hisoblanadi. Shuningdek, Hindiston va Ozbekiston ilmiy jamoatchiligi ortasida muloqotni kengaytirish, turli sohalarda qoshma tadqiqotlar olib borilishiga qaratilgan loyihalar ham amalga oshirilishi kozda tutilgan. Foto: Ozbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi Foto: Ozbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligiIlgor texnologiyalar markazida hindistonlik hamkorlar bilan birgalikda bir qator qoshma startap loyihalarini ozida birlashtiruvchi texnologik xabni tashkil etishga kelishildi. Texnologik xab startap loyihalari mualliflari va ijrochilarini, mazkur startap loyihalarning sohalari boyicha mutaxassislarni jamlashga qaratilgan bolib, unda mavzular boyicha ommaviy tadbirlar, maruzalar, seminarlar, konferensiyalar, shuningdek, ilm-fan va innovatsiyalarni targib qiluvchi tadbirlar otkaziladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0