Uzbekistan Airways ichki reyslar uchun Yangi yil chegirmasini elon qildi. Ammo shu kunlarda aksariyat shaharlarga reyslar yoq

Uzbekistan Airways 2019-yilning 31-dekabridan 2020-yilning 2-yanvariga qadar Yangi yil bayrami nishonlanadigan muddatga respublika ichidagi aviaqatnovlar uchun chegirmalar elon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.Unga kora, bayram chegirmalari: Yakka yolovchilarga 30 foiz; Sayyohlik guruhlari (5 kishidan boshlab), maktab oquvchilari, kollej, litsey va OTMlar talabalari, IIV, Mudofaa vazirligi, DXX, DSQ, DBQ va boshqa idoralar tizimidagi maxsus talim muassasalari oquvchilari va tinglovchilariga 40 foiz; Oilalarga (2 kishidan boshlab er va xotin; er, xotin va ularning 18 yoshgacha bolgan farzandlari; ota yoki ona 18 yoshgacha farzandlari bilan) 50 foiz; Pensionerlar va nogironligi bolgan insonlarga 50 foiz; 19411945-yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilganlar, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi yillarida orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslarga 50 foiz; Chernobil AES falokati oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan shaxslarga 50 foiz. Chegirmalar aviachiptalarni mamlakat hududida sotib oluvchi Ozbekiston fuqarolariga ham, chet el fuqarolariga ham taqdim etiladi. Bunday aviachiptalarni Uzbekistan Airways savdo shoxobchalaridan chegirma olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda sotib olish mumkin.Chiptalar uchun chegirma 2019-yilning 31-dekabridan 2020-yilning 2-yanvariga qadar bolsa-da, Uzbekistan Airways saytidagi malumotlarga kora, bu kunlarda Toshkentdan Fargona, Qarshi va Navoiy shaharlariga reyslar umuman rejalashtirilmagan. Samarqand, Buxoro, Termiz va Namangan shaharlariga esa faqat 2-yanvarda reyslar bor.Urganch va Nukus shaharlariga esa har kuni reyslar rejalashtirilgan.Shuningdek, kompaniya saytida Yangi yil chegirmasi elon qilingan kunlar uchun qochimcha reyslar tashkil etilishi haqida malumot berilmagan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0