Ozbekistonda OITSga chalinganlar soni 42 ming kishidan oshdi

Ozbekistonda 2019-yil 1-noyabr holatiga OITSga chalingan kishilar soni 42 098 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Ozbekiston Sogliqni saqlash vazirligi xabar berdi.Joriy yilning 10 oyi davomida mamlakatda OITSga chalinish boyicha 3 337 ta holat aniqlangan, shu jumladan, erkaklar orasida 1919 ta (57,7 foiz) va ayollar orasida 1418 ta holat (42,5 foiz). Otgan yilning shu davri bilan solishtirganda, bu korsatkich 69 taga yoki 1,8 foizga pasaygan.Vazirlik xabariga kora, OITSning onadan yangi tugilgan chaqaloqqa otish holati 2013-yildagi 2,3 foizdan 2018-yilda 0,3 foizga kamaygan.Xalqaro sogliqni saqlash tashkilotining talablariga kora, har bir ayol homiladorlikning 14-haftasigacha majburiy tibbiy korikdan otadi. Organizmida OITS aniqlangan homilador ayollar bola tugilguniga qadar virusga qarshi profilaktik dori vositalarini qabul qiladi. Tugilgan chaqaloq esa bir oy davomida virusga qarshi dori vositalarini qabul qiladi.Ayni paytda mamlakatda virusning qaytalashiga qarshi 28 ming kishi davolanadi. Bu davolash terapiyasi kasallikning salbiy oqibatlari rivojlanishi va virusning boshqa kishilarga otishining oldini oladi.OITSga chalingan kishilarga maxsus tibbiy yordam korsatish uchun Respublika OITS markazida 60 orinli maxsus shifoxona, Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida esa 30 orinli bolim faoliyat olib boradi. 20132018-yillarda mazkur muassasalar tomonidan OITSga chalingan 7500 dan ortiq kishiga tibbiy yordam korsatilgan.Songgi yillarda virusga qarshi dori vositalarini sotib olish uchun OITS, tuberklyoz va bezgakka qarshi kurash boyicha global jamgarma tomonidan ajratilgan 15 million dollardan ortiq mablag sarflangan.1-dekabr Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining OITS boyicha dasturi YuNEYDSning bergan malumotlariga kora, bugungi kunda dunyo boyicha 37 milliondan ortiq kishi OITS bilan yashamoqda.Hozirda37,9 million kishidan 79 foizi testdan otgan, 62 foizi davolangan va 53 foizi virusni boshqa kishilarga yuqtirmaydigan darajada davolangan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0