Nochor oilada ulgayib, istedodi ortidan Forbes va Ginnes rekordidan orin olgan Britni Spirs

Pop yonalishi ijrochisi, raqqosa, qoshiqlar muallifi, aktrisa va Gremmi mukofoti sovrindori Britni Spirs bugun 38 yoshga toldi.Britni 1981-yilning 2-dekabrida Missisipi shtatining Makkomb shahrida tugilgan. Onasi maktab oqituvchisi, otasi oshpaz bolgan Britnining bolaligini baxtli otgan deb bolmaydi. Alkogolga ruju qoygan otasining koz ongida onasini kaltaklaganini korib ulgaygani, ruhiy jarohatlar uning bugungi kunda sariq matbuot uchun shov-shuvli mavzuga aylangan psixologik depressiyalari sabablaridandir balki Foto: Uznay vsyoForbesning eng boy ayollari royxatida yetakchi bolgan qoshiqchining bolaligida oilaviy sharoiti ogir bolgani, bazida yegulik va uni xarid qilgani mablag bolmaganiga ishonish qiyin bolsa ham bu haqiqat. Onasi Linn bu nochor vaziyatdan chiqish uchun qizlaridan umid qilgan va ularni turli kasting va tanlovlarga olib borgan. Foto: Uznay vsyo/Britni ota-onasi bilanOnasi barcha mahalliy tanlovlarda ishtirok etib bolgan Britnini Atlantadagi mashhur Mikki Maus klubi nomli televizion shouga olib boradi va aynan ushbu shou uning karyerasining boshlanishi bolgan. 8 yashar Britni Disneykanalidagi Mikki mausning yangi klubi shousining eng kichik ishtirokchisi boladi va u yerda bolajak yulduzlardan Kristina Agilera va Jastin Timberleyk bilan tanishadi. Foto: Uznay vsyo/Britni va JastinKeyinchalik Britni Manxettendagi Professional Performing Arts Schoolda aktyorlik mahoratidan talim oladi. 1992-yilda, 10 yashar bolajak yulduz Star Search (yulduzni izlab) nomli tanlovda galaba qozonadi. 1998-yillar Spice Girls va Backstreet Boys singari yigit va qizlardan iborat guruhlar modada bolgan vaqtda Jive Records leybli Britnida katta salohiyatni koradi. Bolajak yulduz Backstreet Boysning prodyusseri bolgan Maks Martin bilan tanishgach, Baby one more timealbomini yozish uchun 4 oyga Shvetsiyaga ketadi va u yerdan haqiqiy yulduz bolib qaytadi. Foto: Uznay vsyoAslida Britni kattaroq yoshli tinglovchilarga moljallangan, Sheryl Crowsingari gitara chalib, mualliflik qoshiqlarini ijro etishni rejalashtirgandi. Lekin prodyusserlari uni yosh tinglovchilar kumiriga aylanishini istadi. Sahnada pop-ritmni yaxshi his qilishi, vokal va raqs imkoniyatlari yuqoriligi prodyusserlar tanlovi togri bolganini isbotlaydi.Uning jarangdor ovozi, uslubi va raqsga tushishi muxlislar qalbidan joy ola boshladi. Shundan keyin Britni onlab qoshiqlarni tinglovchilar etiboriga havola etdi. Qoshiqchining 1999-yildagi debyut Baby one more timealbomi uni dunyoga tanitdi. 5 ta muvafaqqiyatli xitni oz ichiga olgan albom, katta rezonanslarga sabab boldi. Suratlari jurnal va gazetalar muqovasidan Yil yangiligi sifatida joy oldi, radio va televideniyedagi musiqiy chartlarni Britnisiz tasavvur qilib bolmasdi. The Daily Yomiuri nashri uni Osmirlar orasidagi eng istedodli qoshiqchi sifatida etirof etgan bolsa, Rolling Stone jurnali Rok-n roll qirolichasi deb atadi. Foto: Uznay vsyo2000-yilda muxlislar etiboriga havola etilgan Oops!...I Did it Againalbomi Britnining Pop yulduz sifatidagi mavqeyining yanada mustahkamlanishiga sabab boldi. 2001-yilda Britney nomli ikkinchi albom, oradan 2 yil otib, uchinchi In the zonealbomi chiqarildi va albomdan orin olgan Toxic singili uchun qoshiqchi Gremmi mukofotiga loyiq topildi. Foto: GotcelebGreatest Hits: My Prerogative qoshiqlar jamlanmasi 2004-yilda, Blackoutalbomi 2007-yilda chiqqan bolib, undagi Gimme More qoshigi butun dunyoda xit bolgan. Piece of me qoshigi bir vaqtning ozida Eng yaxshi pop qoshiq, Eng yaxshi ayollar videosi va 2007-yilning Eng yaxshi videosi deb topilgan. 2008-yilda Britni yangi Circusalbomini chiqaradi va undagi Womanizer singili Amerikaning eng mashhur qoshiqlaridan tuziladigan Billboard Hot 100xit-paradida yetakchilik qilgan. Shundan keyin uning The Singles collection, Femme Fatale, Britney Jeanalbomlari chiqqan. Foto: PinterestAmerikaning ovoz yozish kompaniyalari assotsiatsiyasi malumotiga kora, Spirsning albomlari butun dunyoda 100 milliondan ortiq, plastinkalari 200 milliondan ortiq sotilgan. Debyut albomi bolgan Baby one more time 30 million, Oops!...I Did it Again esa 26 million nusxada sotilgan bolib, ilk haftada birgina AQShning ozida 1 319 193 nusxada sotilib, Ginnesning rekordlari kitobiga kirgan. Mana shu ikki albomdan keyin Britni songgi 10 yilda eng kop qoshiqlari sotilgan qoshiqchi, 2012-yilda Forbesning eng kop haq tolanadigan qoshiqchisi deb topilgan. Foto: The placeSpirs nafaqat qoshiqchi, balki aktrisa sifatida ham yaxshi malum. U bir qancha televizion shou va dasturlarda ishtirok etgan. 2002-yildagi Chorraha filmida u bosh rolni ijro qilgan. 2008-yilda u haqida biografik film suratga olindi. 2018-yilda yana bir bor Forbesdan orin olgan qoshiqchining yillik daromadi 30 million dollarni tashkil qiladi. 2019-yilda Britnining B10 deb atalishi tahmin qilinayotgan albomi chiqarilishi rejalashtirilgan. Foto: Uznay vsyoMavzuga doir: Britni Spirsning ilon bilan tushgan raqsi muxlislarni hayratda qoldirdi (video) Britni Spirs ruhiy kasalxonadan chiqqanidan song muxlislariga qarata murojaat qildi (video) Forbes 2016-yilda eng kop daromad olgan qoshiqchi ayollar reytingini tuzdi

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0