Ozbekiston IIV YHXBB yangi rahbari Toshkent viloyatidagi xodimlari bilan muloqot qildi (foto)

1-dekabr, yakshanba kuni Ozbekiston Ichki ishlar vazirining orinbosari, general-mayor Aziz Ikromov Toshkent shahar IIBB YHXB YPX Brigadasida Davlat yol harakati xavfsizligi xizmati xodimlari bilan uchrashuv otkazdi. Bu haqda Toshkent viloyati YHXB matbuot xizmati Daryoga xabar berdi. Foto: Toshkent viloyati YHXB matbuot xizmatiBu uchrashuvda xizmatga oid turli fikr-mulohazalar va ishni yaxshilash yuzasidan topshiriqlar berildi. Navbatdagi ana shunday uchrashuv Toshkent viloyati Ichki ishlar Bosh boshqarmasining yol harakati xavfsizligi boshqarmasida bolib otdi. Bu safar Ozbekiston IIV YHX Bosh boshqarmasining yangi rahbari, polkovnik Olim Saidov viloyatda xizmat olib borayotgan xodimlari bilan tanishib, ular bilan muloqot otkazdi. Foto: Toshkent viloyati YHXB matbuot xizmatiUchrashuvda Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimlari ishtirok etdi.Bosh boshqarma boshligi, polkovnik Olim Saidov viloyat YHXB xodimlari bilan umumiy tarzda va yakka tartibda suhbat otkazdi. Xodimlarga oldilariga qoyilgan vazifalar kolami haqida gapirdi.Shuningdek, u xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishdi. Xodimlarning maxsus kiyim-boshlariga, orastaliklariga ham etibor qaratib, ozining tanqidiy fikrlarini bildirdi. Orta bogin rahbarlar, saf bolinmalari komandirlari zimmasidagi vazifalarni, ularning oldiga qoyiladigan vazifalarni atroflicha tushuntirib, komandirlar bilan suhbatlashdi. Foto: Toshkent viloyati YHXB matbuot xizmatiShundan song polkovnik Olim Saidov va viloyat rahbarlari xodimlarning oilaviy sharoiti bilan tanishish maqsadida viloyatning Ohangaron tumanida istiqomat qiluvchi, Toshkent viloyati IIBB ikkinchi mintaqaviy hudud Ohangaron shahar IIB Yol harakati xavfsizligi bolinmasi YPX inspektori safdor Laziz Sharopovning xonadoniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida YHXBB boshligi xodimning oila azolari bilan suhbat otkazdi. Foto: Toshkent viloyati YHXB matbuot xizmati Foto: Toshkent viloyati YHXB matbuot xizmatiOzbekiston IIV YHX Bosh boshqarmasi boshligi, polkovnik Olim Saidov Toshkent viloyati IIBB YHXBda amalga oshirilishi rejalashtirilgan bir qator loyihalar bilan ham tanishdi hamda ular yuzasidan ozining fikr-mulohazalarini bildirdi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0