Oriflame kompaniyasi Ozbekistonda rasmiy konseptual markazi va internet-dokonini ochdi:ushbu tadbir qanday amalga oshdi (foto)

Ozbekiston Oriflame gozallik dunyosiga qoshilgan 62-mamlakat boldi.27-noyabr kuni Shvetsiyaning Oriflame kompaniyasi Toshkentda ozining konseptual markazini, shuningdek qulay formatdagi onlayn-dokonini ochdi. Yangi vakolatxona Ozbekistonliklarga rasman onlayn ravishda kompaniya mahsulotini xarid qilish imkoniyatini beradi.Oriflame sizning uyingiz yoki ofisingizga qulay yetkazib berishdan tashqari mingdan ortiq gozallik mahsulotlarini taklif etadi. Kompaniyaning assortimenti muntazam yangilanib turadi: har yili dekorativ kosmetika, terini parvarish qilish vositalari, atir-upa va aksessuarlar toifalaridagi 400 dan ortiq yangi mahsulotlar chiqariladi. Ozbekiston hududida sotiladigan barcha mahsulotlar mamlakat qonunchiligiga muvofiq sertifikatlanadi. Internet-dokonida joylashtirilgan buyurtmalar kompaniyaning xususiy hamda zamonaviy ombori mavjudligi tufayli mahsulotni imkon qadar tezroq yetkazib berish imkonini beradi. Saytda royxatdan otgan doimiy mijozlar uchun qoshimcha chegirmalar va maxsus aksiyalarda ishtirok etish imkoniyati taqdim etiladi.Bugun biz uchun oziga xos kun Ozbekistonda kompaniyamizning rasmiy ochilish kuni. Yangilikga intilish har doim yoqimli va qiziqarli jarayon bolib, odamlarga oz hayotlarini ozgartirishlari va orzularini royobga chiqarishlari uchun katta imkoniyatlarni beradi. Bugungi kunga qadar Oriflame 52 yildan beri 62 mamlakatda oz vakolatxonalarini ochgan. Hozirgi kunda biz butun dunyo boylab odamlarni mahsulotlarimiz bilan tanishtiradigan uch millionga yaqin maslahatchilarimizga egamiz. Biz mustaqil ravishda yuqori sifatli va etik standartlarga muvofiq mahsulot ishlab chiqarayotganimizdan juda gururlanamiz. Bugungi kunda biz Rossiya, Polsha, Xitoy va boshqa mamlakatlarda oz ishlab chiqarish quvvatlariga egamiz.Biz ulugvor yoshga tolganimizga qaramay, zamon talablari bilan hamnafas, innovatsion kompaniyamiz. Biz oz hamkorlarimizga mahsulotlarimizni Internet-maydonida tavsiya qilish imkoniyatini beramiz. Shuningdek, biz atrof-muhitni muhofaza qilish, xodimlarning korporativ javobgarligi va butun dunyo boylab hayriya faoliyatini amalga oshirishga katta etibor qaratamiz.Bizning shiorimiz: Gozallik. Shvetsiyada yaratilgan bu bizning tushunchamizda kopchilik odamlar uchun sifatli kosmetikaga ega bolish mumkinligini anglatadi. Biz maqbul narxlar boyicha yuqori standartlar bilan quvontirishga harakat qilamiz. Bizning gozalligimiz hammaboplik, ilgorlik, innovatsiya va eng muhimi, mahsulotimizga bolgan ishonch kabi shartlar asosida turadi, deydi, dunyo miqyosidagi Oriflame kompaniyasining Global bosh direktori orinbosari, MDH davlatlari va Lotin Amerikasidagi xalqaro biznes hududlarining rahbari Yesper Martinson.Oriflame Shvetsiyadan ekanligi va brend falsafasi asosida gozallikka bolgan oziga xos qarash yotadi: gozallikga nafaqat insonning tashqi korinishi, balki uning ozini qanday his qilishi ham kiradi. Gozallik bu sogliq haqida qaygurish, terini parvarish qilish, ozini ifoda eta olish va orzularni amalga oshirishdir. Chunki hayotiy muvozanat hamda tashqi va ichki uygunlik insonga qiyinchiliklarni yengish, rivojlanish va muvaffaqiyatga erishishda yordam beradi.Brendimizning oziga xosligi shundaki, biz gozallik deganida faqatgina tashqi korinishga yondashuvni emas, balki ichki korinishiga ham etiborga ahamiyat beramiz. Gozallikga intilish har bir insonga xos bolib, uning oziga bolgan ishonchiga bogliq boladi. Qachonki kishi oziga nisbatan ishonchini his qilsa, uning gozalligi energiya va hissiyotlar darajasida namoyon boladi. Shuningdek, biz asosiy etiborni teri salomatligiga qaratamiz. Bu bizning asosiy jihatlarimizdan biridir. Odamlar uzoqroq yashashni va doimo yosh korinishni xohlashadi. Bazida biz buni sezmaymizku, ammo sifatli mahsulotlardan foydalanish terining yosh korinishini sezilarli darajada uzaytiradi. Odatda qarish belgilarining 80 foizi togri parvarish yordamida hal qilinadi va bu muammolarni oldindan bartaraf etadi, qolgan 20 foizi esa, irsiyatga bogliq boladi va ularni oldini olish nisbatan qiyinroq boladi. Biz ana shu 80% ga etibor qaratamiz va kompaniyada nafaqat bitta mojizaviy mahsulotga, balki tizimli yondashuvga diqqat qaratamiz. Ayol oz terisini parvarish qilishni qanchalik erta boshlasa, u bu bilan qarish jarayonini shunchalik kechiktiradi biz aynan mana shu xabarni oz auditoriyamizga yetkazishni istaymiz deydi, Geografik rivojlanish, franshizalar va maxsus loyihalar boyicha kompaniya katta vitse-prezidenti Sergey Kanashin.Oriflame qoshimcha foyda keltiradigan pul mukofotlari va dunyo boylab sayohatlarni taqdim etuvchi hamkorlikni taklif etadi. Zamonaviy raqamli texnologiyalar va Oriflame onlayn vositalari hamkorlarga oz bizneslarini mustaqil rivojlantirishga, oz vaqtlarini rejalashtirishga va qulay vaqtda har qanday joyda daromad olishlariga imkon beradi.Ayol qanchalik gozal korinmasin, ozini tartibga solmasin, turli xil kosmetik vositalardan foydalanmasin eng asosiysi uning kozlari qanday porlashi va ozini qanday his etishidir. Bu yoshga emas, balki uning ichki holatiga bogliq. Bu borada bizda juda ajoyib takliflar bor va bu bizning quyidagi marketing rejamizga mos tushadi har kim oz kelajagiga ishonch hosil qilishiga imkon beradigan muvaffaqiyat rejasidir. Masalan, orzuingizdagi biznesini qurish, moliyaviy jihatdan mustaqil bolish juda ajoyib imkoniyat bolib, biz butun dunyo boylab shunday imkoniyatlarni taqdim etamiz. Bu bugungi kundagi eng muhim masalalardan biridir. Bugungi kunda dunyo onlayn-muloqotga shongib ketgan odamlar ijtimoiy tarmoqlarda soatlab vaqtlarini otkazishadi. Bu borada biz hamfikr odamlar davrasida muloqot qilish, dunyo boylab sayohat qilish, kompaniyada erishgan yutuqlari va his-tuygulari bilan bolishish imkoniyatini beramiz. Biz gozallikni sevadigan odamlar jamoasimiz, ham tashqi, ham ichki tomonidan ijobiy, oziga ishonadigan insonlar uyushmasimiz bu ishonchni esa, bizga aynan Oriflame taqdim etadi, deydi, Markaziy Osiyo va Moguliston mintaqaviy direktori, Oriflame Ozbekiston bosh direktori Yekaterina Mamedova.Joriy yilning 27-28 noyabr kunlari Toshkent shahridagi International Tashkent hamda Radisson Blu Tashkent mehmonxonalarida Oriflame kompaniyasining Ozbekistondagi hamkorlari uchun tantanali tadbirlar tashkil etildi. Ushbu tadbirlar Oriflame biznes imkoniyatlari, kompaniyaning tarixini muhokama qilish, dekorativ kosmetika va turmush tarzi boyicha qisqacha ekskursdan otish imkoniyatiga ega bolgan yuzlab ayollarning uchrashuv joylariga aylandi. Shuningdek, tadbirda Rossiya va Qozogistonlik gozallik boyicha trenerlar MDH mamlakatlarida Aloqa va Mahsulotlar treningi boyicha Katta Menejer Natalya Raspopova va Markaziy Osiyoda Mahsulot va Aloqa boyicha Menejeri Aygerim Joljanova tomonidan ekspert mahsulot-sessiyalar otkazildi.Malumot uchun:Oriflame 1967-yildan beri tabiatdan ilhomlangan va shved ilm-fanining songgi yutuqlariga javob beradigan xavfsiz mahsulotlarni yaratib kelmoqda. Mahsulotlarning tarkibiy qismlari yetik usul bilan olingan va qatiy ekologik talablarga javob beradi, formulalarning samaradorligi esa qatiy klinik tadqiqot va sinovlar orqali tasdiqlangan. Bugungi kunda kompaniya dunyoning 60 dan ortiq mamlakatlarida taqdim etilgan. Ozbekiston Respublikasida Oriflame vakolatxonasini va 30 kishidan iborat jamoani Ozbekistondagi Oriflame Bosh direktori va Markaziy Osiyo va Mogulistondagi mintaqaviy direktori Yekaterina Mamedova boshqarib kelmoqda.Reklama huquqi asosida.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0