Ozbekistonning ayrim hududlaridagi yollarda postlar qayta tiklanmoqda. Ular saylovdan song olib tashlanadi

Ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, ommabop Telegram kanallari, blogerlarning sahifalarida Ozbekistonning ayrim hududlarida 2018-yil boshida tugatilgan nazorat postlari qayta tiklanayotgani haqida xabarlar paydo boldi.Sof.uz nashrining xabar berishicha, FargonaVodil, FargonaAvval yollarida 2018-yil boshida tugatilgan nazorat postlari qayta tiklangan. Bloger Sherali Soliyevning mushtariylari Quvasoy shahriga kirishdagi Pakana posti, Qochqorchiga kirishdagi post, QuvasoyArsif yonalishidagi Behizor postlari qayta tiklanganini malum qilgan.Blogerning mushtariylari, shuningdek, Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Agrar universitet bilan Salor qorgoni oraligidagi post qayta tiklangani haqida ham yozgan. Bundan tashqari, Buxoro viloyatining Gijduvon tumanidagi Sarmijon va Eshonkoprik postlari faoliyati 2018-yil boshida toxtatilgach, kop otmay yana qayta tiklangani takidlangan.Daryoning hukumatdagi manbasining malum qilishicha, Fargona viloyatidagi faoliyati qayta tiklangan postlar 22-dekabrga qadar faoliyat yuritadi, parlament saylovi otgach yana olib tashlanadi. Manbaning qoshimcha qilishicha, postlarni qoriqlash Milliy gvardiya va DXX xodimlariga topshirilgan.Eslatib otamiz, viloyatlar chegaralaridagi nazorat postlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga 2017-yilgi murojaatnomasidan song olib tashlangan edi. Prezident bunday postlarning eskicha joylashuvi harakatlanish erkinligini cheklab, savdo-iqtisodiy munosabatlar, ichki va tashqi turizm rivojiga salbiy tasir korsatayotganini takidlagan edi.Mavzuga doir:Shavkat Mirziyoyev: Viloyatlar chegarasidagi barcha yol-patrul postlarini tugatish lozimOzingiz oylang, bugungi kunda mamlakatimiz hududida 60 dan ziyod bunday post mavjud. Endi tasavvur qiling, oddiy odam Xorazmdan Toshkentga mashinasida bormoqchi bolsa, yolda 17 ta postdan otadi. Fargona vodiysidan kelayotgan kishi esa 8 ta ana shunday postga duch keladi, degandi davlat rahbari oshanda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0