Ozbekistonda Qizil kitobga kiritilgan oqqushni oldirgan shaxs qidirilmoqda

2627-noyabr kunlari ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, Instagramda foydalanuvchi gafurovskiy.95 tomonidan fotosurat elon qilindi, deb xabar beradi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qomitasi matbuot xizmati. Foto: InstagramFotosuratda yosh yigit oldirilgan tulki va vishildoq oqqushni qolida ushlab turgani, yerda esa uchta kaptar va quyon yotganini korish mumkin.Suratga kora, barcha hayvonlar va qushlar oldirilgan. Shuni takidlash kerakki, vishildoq oqqush ham Ozbekiston Qizil kitobiga, ham Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan, deyiladi xabarda.Hisob-kitoblarga kora, hayvonot olamiga yetkazilgan umumiy zarar 12 million somdan oshadi.Suratdagi yigitning shaxsini aniqlash va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli choralar korish uchun barcha mavjud malumotlar, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda elon qilingan fotosurat Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturaga yuborildi.Ushbu holat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qomitasi nazorati ostiga olingan. Keyingi barcha malumotlar qomitaning rasmiy veb-saytida elon qilinishi aytiladi, deyiladi xabarda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0